Hayotimizni dorixonasiz tasavvur qilolmay qoldik. Köpçiligimiz sal deganda şu makonga yugurib boramiz. Yugurişdan bir lahza töxtab, insoniyat tarixi davomida — minglab yillar mobaynida odam organizmi oxirgi 50-60 yildagidek kimyoviy hujumga uçramaganini anglaşga vaqtimiz yöq...
__________________________________
Dorixona (apteka, yunonça ἀποθήκη — ombor sözidan) — dori vositalarini tayyorlaş, qadoqlaş, tahlil etiş va sotiş bilan şuğullanuvçi maxsus, soğliqni saqlaş tizimiga kiruvçi taşkilot. Mazkur taşkilotning faoliyati ta'rifida «aholiga farmatsevtik yordam beriş», deb körsatiladi. Yordam esa «samarali, xavfsiz va iqtisodiy tomondan özini oqlaydigan davolaş kursini aniqlaş uçun şifokorning bemorga beradigan maslahati»ni közda tutar ekan.
Xöş, bizning dorixona tomon yurişlarimiz naqadar «samarali, xavfsiz va iqtisodiy tomondan özini oqlaydigan» bölyapti? Tanamiz içiga köp miqdorda hamda öylamay jönatayotganimiz dorilar pirovardida unga — tanamizga foyda beryaptimi yoki hamma foyda-zararlarni jamlaganda zarar hissasi köproq bölyaptimi? Mavzu şu haqda.
Aytgança, mazkur maqola dori içmay qöyişga çaqiriq emas, aslo, balki «apteka» degan makon bilan şu kunda örnatgan munosabatimizni jamiyat ölaroq qaytadan bir taftiş qilib, mazkur «döstlik»ni biroz tartibga solib olişga çaqiriq.
Antibiotiklar

Bir neça ön yil avval bitta antibiotik yordamida tanadagi infeksiya batamom yöq qilinar edi. Hozirda esa şifokorlar kuçli infeksiyalarga qarşi bir antibiotikni, u ta'sir qilmasa ikkinçisini, u ham ta'sir qilmasa uçinçisini — kuçliroğini qöllayotganlarining guvohi bölyapmiz. Nega?
Britaniyalik olim Aleksandr Flemingning 1929 yildagi kaşfiyoti — yaşil moğordan olingan penitsillinning mikroblarni öldira oliş qobiliyati «antibiotik» deb nomlangan antimikrob preparatlar katta guruhi yaratilişiga asos böldi.
Endilikda bu — kasallik uyğotuvçi bakteriyalardan bizni himoyalovçi dorilarsiz hayotimizni tasavvur etolmaymiz. Öz vaqtida ölat, sil, zotiljam (pnevmoniya), yiringli angina kabi epidemiyalarga barham berilişiga, operatsiya, jarohatlaniş, kuyib qoliş holatlarida qonga zarar ötib ketib qolişidan himoyalaşga omil bölib turgan narsa şu — antibiotiklar.
Bu dorilarni yaratib insoniyat kasalliklarga qarşi kuçli vosita topdi, ammo vaqt ötgani sayin mazkur vosita kuçsiz, bakteriyalar esa tobora kuçayib borayotganini sezdi. Aniq böldiki, bakteriyalar ham özini bizdan himoya qilar ekan: ularga qarşi qöygan moddalarimiz bilan «tanişişar», öz şakllarini özgartirişar, ta'sirdan qoçiş usullarini topişar va alal-oqibat preparatlarimizga çidamli bölib olişar ekan. Yarim asr avval yaratilgan va öz vaqtida bakteriyalarga qarşi samarali bölgan antibiotiklar hozirda ta'sir kuçiga ega emas.
Sabab esa — antibakterial vositadan kör-körona, palapartiş foydalaniş.
Köplab rivojlangan mamlakat tibbiyotçilari antibiotiklarga nisbatan öz qaraşlarini özgartirişga majbur bölişyapti. Antibiotiklar faqat favqulodda holatlardagina qöllanilişi kerakligi, aks holda ularni qabul qiliş bakteriyalarni «emlaş» — bakteriya organizmini taşqi ta'sirlarga çidamli qiliş ekanligini ta'kidlaşyapti.
Insoniyat oxirgi yarim asrda antibiotiklarni «köp va xöb» — tartibsiz iste'mol qilişi oqibatida bakteriyalarning ta'sirga çidamliligi (rezistentligi) muttasil ortib bordi va endi ularga qarşi kuraşiş qiyin bölib qoldi. Kamiga öta çidamlilik — heç bir antibiotik yenga olmaydigan bakteriyalar paydo bölişi haqida gapirilyapti.
AQŞ soğliqni muhofaza qiliş qömitasi mamlakatda amalga oşirgan tekşirişlar natijasida superbugs (amerikaliklar bu nom bilan barça kuçli bakteriyalarni ataşadi) deyarli hamma joyda — maktab oşxonalarida, işxonalarda, yotoqxonalarda va ayniqsa... tibbiy muassasalarda topildi. Ulardan himoyalaniş vositasi esa — odam organizmi immuniteti va ehtiyot çoralari ekanligi ta'kidlandi.
Bakteriyalarning öta tez moslaşişi (kuçayişi) qayd etilgan. Ma'lumki, birinçi çidamli stafilokokk antibiotiklar işlatila boşlaşgandan uç yil ötib aniqlangan. Va bunday moslaşuvçanlikni yengib ötadigan preparatlar paydo bölişiga umid yöq ekanligi tan olinmoqda.
Odatiy manzara — şamollagan kişi dorixonaga yuguradi va sotuvçidan «yaxşiroq» antibiotik söraydi, sotib olib uyiga borib «davolanadi».
«Antibakterial preparatlarning 90 foizigaça miqdori respirator (şamollaş) kasalliklarga qarşi odamlar tomonidan iste'mol qilinmoqda. Holbuki, şamollaş bu virusli kasallik bölib, oxirgi tadqiqotlar antibiotiklarning viruslarga ta'siri göyo S vitaminining ta'siri kabi ekanligini aniqladi» — deydi «Klinik kimyoterapevtlar va mikrobiologlar Alyansi» mintaqalararo jamoat taşkiloti prezidenti Sergey Yakovlev. Ya'ni şamollaşga kuraşiş uçun antibiotiklar iste'mol qiliş aksar holatlarda foydasizdir!
Antibiotiklarni suiiste'mol qiliş nafaqat bemorlar tomonidan, balki şifokorlar tomonidan ham sodir etilayotgani sir emas. Köpinça bu holat mikrobiologik diagnostikaning yöqligi sababidan böladi. Lönda qilib aytganda, şifokor ma'lum bakteriya ştammiga ma'lum antibiotik ta'sir etişini aniqlay olmaydi va har ehtimolga qarşi kuçliroq antibiotikni tayinlaydi.
Heç bir rivojlangan mamlakatda antibiotiklar retseptsiz sotilmaydi!
Ma'lum antibiotikni tayinlaş uçun şifokor köplab faktorlarni hisobga oladi. Yuqori malakali mutaxassis ham doim töğri terapiyani belgilay olmasligi mumkin. Öz bilganiça antibiotiklar bilan davolaniş esa samara bermasligi şundan ham ayon, buning ustiga allergiyaga olib borişi ehtimoli yuqori.
Mutaxassislar tan olişyapti — antibiotiklarni qöllaş ustidan qattiq nazorat örnatilmasa, ularni iste'mol qilişda palapartişlikka barham berilmasa hozirda ta'sir kuçiga ega bölib turgan, qiyin vaziyatlarda asqotib turgan antibiotiklar sinfi batamom yöqotiladi va insoniyat antibiotiklar mavjud bölmagan davrga yana qaytadi.
«Ximiya»

Insonga öz tanasini tuşuniş, uni «eşitiş», his qilişni örgatiş örniga kimyoviy vositalarni iste'mol qilib qöyib «tinçgina yuriş»ni örgatiş zamonaviy tibbiyot olgan yönalişdir. Bu tibbiyotni töliq qoralaşga çaqiriq emas, balki mavjud voqeligimizni obektiv anglaşga çaqiriqdir. Aksar bizni, tanamizni qiynayotgan dardlar aslida öz tanamizni tuşunmaganimiz oqibatidir. Bizga esa bu dardlarning davosi sifatida tuşunişni emas, balki kimyoviy vositalar taklif etiladigan davrda yaşayapmiz. Şifokor qabuliga kirgan bemor bemorligining asl sabablari haqida ma'lumot olmaydi, balki uning qöliga dorilar röyxati tutiladi. U tanasi haqida oşgan bilimi bilan emas, mazkur röyxat bilan şifoxonani tark etadi va uyiga içişi lozim bölgan kimyoviy vositalar bilan qaytadi. Bemorligining sababi notöğri hayot tarzi ekanligi, uni — hayot tarzini özgartirişi kerakligi haqida unga qat'iy tarzda heç kim gapirmaydi.
Farmatsevtika
Zamonaviy farmatsevtikaning ba'zi xususiyatlari:
- kasalliklarning sabablari bilan emas, balki tananing kasallikka nisbatan reaksiyasi bilan kuraşuvçi vositalarni işlab çiqiş (isitma bilan kör-körona kuraşiş — misol);
- dorilarning tarkibini işlab çiqişda kimyoviy vositalarga köproq suyaniş;
- dorilarni işlab çiqişda uzoq muddatli samara (bemor kasallikdan töliq foriğ bölişi) közlanmasligi, balki odamni tez fursatda oyoqqa turğazib qöyişni maqsad qiliş;
- dori işlab-çiqariş mega-industriyaga aylangani.
Aksar dorilar uzoq muddat sinalmasdan sotuvga çiqadi. Tarkibi köpinça notabiiy bölgani bois çuqur tekşirilişi lozim bölgan preparatlar marketing taqozosi ila yuzaki sinovdan ötadi, keyin yillar davomida odamlarda «sinaladi».
Katta industriyaga aylangani bois farmatsevtik taşkilotlarning faoliyati yönalişini tekşiriş, strategiyasida yaşiringan hiylalarni oşkor qiliş muşkul bölib kelyapti. Yönaliş va maqsad odamlarni davolaşga qaratilganmi yoki asosiy istak pul işlaşmi — ommaga qoronği.
Rivojlanmagan davlatlar — asosiy bozor
Rivojlangan davlatlarda omma kimyoviy vositalardan imkon qadar voz keçiş kerakligini, tabiiy vositalarni köproq qöllaş kerakligini tuşunib yetyapti.
Iqtibos: «Amerika şifokorlari avvalgidan köra köproq tabiiy vositalarni taklif qilişyapti — masalan, çuqur jarohat va kesiliş holatlarida asalli plastirlarni. Bu plastirlarning antibakterial ta'siri kuçiga qarab 25 xili bor. Odam organizmini antibiotiklarga örgatib qöymaslik uçun barça çoralar körilyapti, çunki antibiotiklar eng oğir — favqulodda holatlarda odamga juda asqotadi» («Argumenty i fakty», 2017 y.)
Buning teskarisi — rivojlanmagan davlatlar. Bunday davlatlarda dorilarni palapartiş iste'mol qiliş, rivojlangan davlatlarda qattiq çeklovlar bilan sotiladigan dori vositalarining bemalol sotilişi, mavjud soğliqni saqlaş tizimi eskirib qolgan tamoyillar bilan yuritilişi va soğlom turmuş madaniyatining pastligi natijasida mazkur davlatlar yaxşigina «dori bozori»dir. Xususan, turfa nomlar bilan çiqariluvçi, aslida tarkibi aynan bölgan antibiotiklarni sotiş uçun qulay bozordir.
Xulosa örnida
Soğlik ne'matiga nisbatan munosabatimizni şakllantirmoğimiz, uning nimaligini his etmoğimiz, anglamoğimiz, qay ustunlarda sobit ekanligini, uning xizmatida immunitet degan tirik, tarkibida milliardlab «askarlari» bölgan tizim turganini va bu tizimni asramoq kerakligini tuşunmoğimiz lozim. Apteka tomon yurayotganimizda mazkur haqiqatlarni yod etmoğimiz zarur.
Şokir Şaripov











