Yangi dorixona filialini oçiş maqsadida Toşkent viloyatida röyxatdan ötgan tadbirkor litsenziya oliş uçun Soğliqni saqlaş vazirligi huzuridagi «Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasasiga murojaat qilgan. Biroq litsenziyalaş jarayonida uşbu markaz xodimi undan pul talab qilgan.
Aniqlanişiça, Markazning litsenziyalaş va nazorat qiliş boşqarmasi boş mutaxassisi tadbirkorga yangi taşkil etilayotgan dorixona uçun litsenziyani mansabdor tanişlari orqali ijobiy hal qilib berişni va’da qilib 6 mln söm pul söragan.
U talab qilingan pulning 4 mln sömini olgan, biroq qolgan 2 mln sömni ololmagaç, tadbirkorning litsenziya oliş böyiça yuborilgan sörovnomasiga rad javobini bergan.
Mazkur holat yuzasidan Toşkent şahar IIBB huzuridagi Tergov boşqarmasi tomonidan unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi hamda 25, 211-moddasi bilan jinoyat işi qözğatildi.













