«Çelsi»ning sobiq hujumçisi Dide Drogba faoliyatidagi sönggi öyinini ötkazdi. U 2017 yil bahoridan buyon Amerikaning ikkinçi divizioni – USL vakili «Finiks Rayzing» şarafini himoya qilib kelayotgan edi.

Foto: Getty Images

Finiks şahri jamoasi bugun USL finalida «Luisvill Siti» klubiga qarşi maydonga tuşib, 0:1 hisobida mağlubiyatga uçradi. Uşbu bahsdan söng Drogba butsalarini mixga ildi. Qayd etiş joiz, u «Finiks Rayzing» klubi xöjayinlaridan biri sanaladi.

Foto: Ricardo Ávila/Cronkite News

Dide asosan «Çelsi»dagi faoliyati bilan yaxşi tanilgan. U London klubi tarixida eng köp gol urgan xorijlik futbolçi hisoblanadi. 2004-2012 va 2014-2015 yillardagi faoliyati davomida «köklar» libosida 164 ta töp kiritgan hujumçi klubning umumiy töpurarlar röyxatida 4-örinda turadi.

Foto: Getty Images

Drogba 2002-2014 yillar oraliğida Kot-dIvuar terma jamoasining 104 öyinida qatnaşib, 65 ta gol kiritgan va bu natija bilan terma jamoaning eng yaxşi töpurari hisoblanadi. U 2006 va 2009 yillarda Afrikaning eng yaxşi öyinçisi deb e'tirof etilgan.

Foto: Getty Images