Şotlandiyaning «Seltik» klubi va Fransiya yoşlar terma jamoasi hujumçisi Musa Dembele faoliyatini «Mançester Yunayted»da davom ettirişi mumkin. Bu haqda Daily Mail naşri xabar tarqatgan.

Manbaning yozişiça, «qizil iblislar» 20 yoşli futbolçini yanvardagi transferlar oynasi vaqtidayoq qölga kiritişni istamoqda. Biroq «Seltik» futbolçini qöyib yuboriş niyatida emas. Öz navbatida Dembele ham Şotlandiya premer-ligasida zafar quçişni istamoqda.

Xabar qilinişiça, Mourinoning şaxsan özi uç marta Dembeleni jamoalariga jalb qiliş yuzasidan kuzatib borgan. U «Çelsi»da işlab yurgan paytlarida Dembeleni Drogbaga tenglaştirgandi.

Joriy mavsumda Musa «Seltik» tarkibida 24 rasmiy uçraşuvda maydonga tuşgan bölib, 16 bor raqiblar darvozasini işğol qilişga muvaffaq bölgan.