Kollektiv xavfsizlik şartnomasi taşkilotiga a'zo davlatlarning Ostona şahridagi uçraşuvida taşkilotning yangi boş kotibi tasdiqlanmadi. Bu haqda Rossiya xavfsizlik kengaşi raisi Nikolay Patruşev ma'lum qildi. Nomzod böyiça qaror 6 dekabrda Sankt-Peterburgda bölib ötadigan sammitda qabul qilinadi, deb xabar qildi Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov. Ungaça Valeriy Semerikov boş kotib vazifasini bajarişda davom etadi.
Xabar qilinişiça, prezidentlarning muzokaralari uç soatdan ortiq davom etgan.
Ilgari KXŞT boş kotibi lavozimini egallab turgan Yuriy Xaçaturovga nisbatan Armanistonda konstitutsion tuzumni ağdariş ayblovi böyiça iş oçilgan. Uning vazifasini boş kotib örinbosari Valeriy Semerikov vaqtinça bajarib turibdi.
Sammit arafasida Rossiya prezidenti yordamçisi Yuriy Uşakov boş kotib lavozimiga Semerikov, Belorussiya yoki Armaniston vakili körilayotganini bildirgandi.
Sammit yakuni böyiça KXŞT a'zolari deklaratsiya qabul qilişdi. Hujjatda a'zo davlatlar Afğonistonda giyohvandlik moddalarini işlab çiqariş ösgani va mamlakat şimolida terrorçilarning mustahkam örnaşib olişga urinişlaridan taşvişda ekanligi aytildi.
Bundan taşqari, KXŞT yetakçilari Afğonistondagi vaziyat faqatgina tinç vositalar bilan örnatilişi tarafdori ekanliklarini bildirdi.
Sammit iştirokçilari şuningdek, axborot makonida nizolarning oldini oliş, axborot qurollaniş poygasiga yöl qöymaslikka çaqirişdi.
Vazirlar tezkor harakatlanuvçi kollektiv kuçlar va KXŞT tinçlikparvar harbiylari kontingenti va uyuşmalari tarkibiga özgartirişlar kiritiş haqida kelişib olişdi.
Semerikovning sözlariga köra, KXŞTga a'zo davlatlar vakillari havo va raketa hujumidan mudofaa böyiça birlaşgan yagona tizimni taşkil etiş böyiça iş rejasini kelişiş imkonini topa olişmagan.








