Rossiyaning Kavkazdagi asosiy ittifoqçisi bölgan Armaniston nega AQŞning strategik hamkoriga aylanmoqda?
|17:06 / 29.01.202511 08714 min
2025 yilning 14 yanvarida Armaniston AQŞ bilan strategik hamkorlik haqidagi xartiyani imzoladi. Şuningdek, bundan biroz oldin Yevropa Ittifoqiga qöşiliş jarayonini boşlaş haqida qonun loyihasini ma’qulladi. Yerevandagilar keyingi masala böyiça referendum ötkazilişini ta’kidlaşmoqda.
Şu bilan birga, KXŞTdagi a’zolik töxtatib turilganiga qaramay, mamlakat Moskva uçun muhim savdo hamkori bölib qolmoqda va Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII)dan çiqişni rejalaştirmayapti. Armaniston boş vaziri Nikol Paşinyan Vladimir Putin bilan muntazam ravişda uçraşuvlar ötkazadi va telefon orqali boğlanib turadi. 2025 yil 21 yanvar kuni taşqi işlar vaziri Ararat Mirzoyan Moskvaga taşrif buyurdi.
Nega Ğarbga yönalgan Armanistonga Rossiya baribir kerak? «Meduza» şu savollarga javob izladi.
Armaniston yaqindagina Rossiyaning ittifoqçisi edi. Vaziyat nega özgardi?
Rossiya ta’sir doirasiga kiruvçi davlatlar (ayniqsa, KXŞT va YeOII a’zolari) orasida Armaniston 2022 yilda Rossiya Ukrainaga bostirib kirganda eng noqulay vaziyatda edi. Armaniston armiyasi KXŞT tufayli Moskva bilan çambarças boğlangan bölib, Rossiyadan imtiyozli narxlarda qurol-yaroğ olib turardi. Şuningdek, Armaniston eksportining 48 foizi YeOII, birinçi navbatda Rossiya va Belarus hissasiga töğri kelardi. Boz ustiga, Armaniston Rossiya gaziga kuçli boğlanib qolgan va mamlakatning elektr tarmoqlari, temiryöllar hamda AES kabi muhim infratuzilmasi rossiyaliklar qölida yoki ular tomonidan boşqarilardi.
Şuningdek, Rossiya öşa paytda Ozarboyjon bilan bölgan kelişuv kafolatçisi edi. Uşbu kelişuv tufayli Qoraboğdagi armanlar Rossiya tinçlikparvar kuçlari himoyasida yaşaşda davom etardi. Ukrainadagi bombardimonlar va bosib olingan hududlardagi voqealar fonida rossiyalik harbiylar mavjudligidan xursand böliş ğalati tuyulardi. Ammo bu haqiqat edi — hatto «Dojd» telekanaliga berilgan intervyularda Qoraboğda yaşab turgan armanlar «Rossiya mağlub bölsa, biz öz uylarimizdan ayrilamiz», deb aytişgan.
Moskva tomonidan ilgari surilgan Armaniston va Ozarboyjon örtasidagi tinçlik şartnomasi loyihasi avvaliga Yerevan uçun ança afzal köringandi. Rossiya mantiğiga köra, tinçlikparvar kuçlar Qoraboğda imkon qadar uzoq vaqt — Dnestrböyidagi kabi önlab yillar mobaynida qolsa, şunçalik yaxşi edi. Buni asoslaş uçun kelişuvda heç bölmaganda biror noaniq masala, masalan, Qoraboğning hal qilinmagan maqomi saqlanib qolişi lozim edi.
Biroq Moskva Ukraina uruşi şaroitida Ozarboyjonga ta’sir darajasini juda past baholadi. Natijada, 2023 yil kuzida Rossiya tinçlikparvar kuçlari mavjudligiga qaramay, Ozarboyjon Qoraboğ ustidan töliq nazoratni tikladi. Bu esa Armaniston jamiyatida Rossiyaning pozitsiyasini butunlay yöqqa çiqardi.
Mavzuga oid
Albatta, Rossiya Armaniston-Ozarboyjon munosabatlarini tartibga solişda öz ta’sirini saqlab qolişga urinayotgani şubhasiz. Bu haqda, masalan, 21 yanvar kuni Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov Armaniston taşqi işlar vaziri bilan muzokaralardan keyingi matbuot anjumanida ta’kidladi.
Ammo haqiqat şundaki, tinçlik şartnomasi imzolanişida sönggi qaror faqat bir davlatga — Ozarboyjonga boğliq. Hozirda taraflar örtasida rasmiy diplomatik tan oliş va tinçlik şartnomasi yöq. Ammo aynan Ozarboyjon Armaniston oldiga şartlarni qöymoqda va Yerevan hozirça ularning faqat bir qismini qabul qilmoqda.
Rossiya uçun Bokuni öz pozitsiyasini yumşatişga majburlaş esa, ayniqsa AZAL aviakompaniyasi samolyoti bilan boğliq fojiadan söng imkonsiz bölib turibdi.
Armaniston Rossiyadan neçoğlik uzoqlaşgan?
Aslida, Armaniston Rossiyaning Janubiy Kavkazdagi asosiy ittifoqçiligidan AQŞning strategik hamkori va Yevropa Ittifoqiga qöşilişni istovçi davlatga aylaniş yöli unçalik uzoq emas.
Birinçidan, Armaniston har doim Ğarb bilan aloqalar örnatişga harakat qilib kelgan. Masalan, armiya va Kanzas ştati Milliy gvardiyasi örtasidagi hamkorlik 20 yildan ortiq vaqtdan beri davom etmoqda. Şu vaqt davomida mamlakatda «Zar» öquv markazi taşkil etildi, uning tadbirlari Rossiya davlat ommaviy axborot vositalarida keskin muhokama qilinadi.
Armaniston Suriyaga Rossiya bilan birga öz kontingentini yuborgan yagona davlat bölganiga qaramay, Afğoniston, Iroq, Kosovo va Malida NATO bilan ham hamkorlik qilgan. NATO bilan bunday özaro aloqalar AQŞ bilan imzolangan xartiyada Armanistonning muvaffaqiyati sifatida qayd etilgan.
Robert Koçaryan va Serj Sargsyan rahbarligidagi «Qoraboğ klani» Moskva ğazabiga duçor böliş va Qoraboğ böyiça qöllovni yöqotişdan qörqib, Ğarb bilan yaqinlaşişda ehtiyotkorlik qilgan. Kavkaz böyiça mutaxassis Olesya Vartanyanning sözlariga köra, ğarb tomon dinamik yaqinlaşuv Kreml tomonidan jazoga duçor bölmasligi – bugungi arman rahbariyati uçun yangi imkoniyatlarni körsatmoqda.
Ikkinçidan, siyosatçilarning hassos reaksiyalari hisobga olinmay, faqat faktlarga nazar taşlansa, Armaniston Rossiyadan unçalik uzoqlaşmagani ma’lum böladi. Mamlakatda Rossiya harbiy bazasi hamon faol va mamlakat rasmiylari uning qolişini qöllab-quvvatlamoqda. Şuningdek, Armanistonda «Mir» kartalari orqali pul yeçiş mumkin, garçi ayrim banklar Amerika sanksiyalari tahdidi tufayli uşbu tizimdan voz keçgan bölsa ham.
Rossiya bilan quruqlik orqali çegara yöqligi va dengizga çiqiş yopiqligi hisobga olinsa, Armaniston sanksiyalarni çetlab ötişda Qozoğiston yoki Turkiya kabi logistik afzalliklarga ega emas. Ammo armanlar Rossiyaning qimmatbaho toşlari va metallari savdosida öz örnini topdi. YeOII orqali bojsiz savdo imkoniyatlari tufayli uşbu tovarlar yo qayta işlanib yoki şundayligiça asosan BAAga eksport qilinmoqda. Şu sababli, KXŞT bilan de-fakto aloqalar susaygan bölsa-da, Armaniston hukumati YeOIIda faqat plyuslarni körmoqda.
Armaniston KXŞTdan çiqdimi yöqmi?
Nikol Paşinyan öz mamlakatini endi KXŞT a’zosi sifatida körmayotgani va taşkilotdagi faoliyatini avvalgi darajada qayta tiklamasligini aytgan. Şunga qaramay, Armaniston KXŞTdan rasman çiqiş haqida e’lon qilganiça yöq — bu, ehtimol, Moskva bilan munosabatlarni yanada yomonlaştirmaslik maqsadida qilingan. Bundan köra, mamlakat rahbariyati KXŞTdagi iştirokini «muzlatdi» va uning tadbirlariga e’tiborga bermayapti: masalan, KXŞT doirasida ötkazilayotgan maşğulotlar yoki muzokaralarga Armaniston öz vakillarini yubormayapti.
Bunday yondaşuv sabablari — taşkilotning samarasizligida. Bu bir qator çaqiruvlar bilan tasdiqlandi. KXŞTning asosiy prinsipi NATOnikiga öxşaş: agar ittifoqdoş davlatlardan biri taşqi agressiyaga duç kelsa, uni himoya qiliş kerak. Qoraboğ masalasida bu prinsip qöllanmagan, çunki bu holatda Armaniston özi xalqaro hamjamiyat tomonidan Ozarboyjon hududi deb tan olingan yerlarni bosib olgan edi.
2021 va 2022 yillarda Ozarboyjon qöşinlari qator ziddiyatlarda Syunik viloyatidagi Armaniston hududlarini egallaganda, KXŞT bu holatlarga javob qaytarişdan boş tortgan va ularni «çegara hodisalari» deb atagan.
Armanistonning KXŞTdan çiqişi masalasiga javob beriş uçun vaziyatni yaxşilab örganiş kerak. Olesi Vartanyanning maqolasidagi qiziqarli bir tafsilot buni tuşuntirişga yordam beradi: 2022 yil fevral oyida arman rasmiylari Ğarbdagi hamkorlariga Rossiya bilan aloqalarni tezroq uziş istagini bildirgan. Biroq Ğarbda ularga bu masalada şoşmaslikni maslahat berişgan. Çunki Rossiya kiçik Armanistonni jazolaşga qaror qilsa, uning zaif iqtisodiyotini qayta tiklaş uçun Yevropaning yoki AQŞning yetarliça resurslari yöq.
Faqat Rossiya emas, balki Armanistonning janubiy qöşnisi Eron ham mintaqada taşqi kuçlar ta’siri kuçayişiga qarşi. Armaniston va Eron örtasidagi savdo aylanmasi katta bölmasa-da, Eron Rossiyadan taşqari Armanistonga neft va gaz yetkazib berişga qodir yagona davlatdir. Buning uçun transport infratuzilmasini sezilarli darajada yaxşilaş talab etiladi, şuningdek, Ozarboyjon Zangezur yölagini egallab olişining oldini oliş muhim ahamiyatga ega.
Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev Zangezur yölagini oçiş ğoyasini qayta-qayta ta’kidlamoqda. U Armanistonning bosimga nisbatan uçraydigan har qanday qarşiligini tanqid qilib, yaqinda şunday dedi: «Zangezur yölagini oçiş kerak va oçiladi. Ular buni qançalik tez tuşunsa, şunça yaxşiroq. Biz bu vaziyatda uzoq qololmaymiz. Nega biz Naxiçivonga, Ozarboyjonning ajralmas qismiga boşqa yöllar orqali borişimiz kerak?»
Armaniston Rossiyadan uzilib, töliq Ğarb tomon burila oladimi?
Telekörsatuvlarda aytilganidan qat’i nazar, Armaniston Rossiyadan butunlay uzilişi va faqat Ğarb tomon yönalişiga ötişi amalda imkonsiz. Hatto agar Ozarboyjon bilan mojaro tugasa va Yerevan Ozarboyjon gazini sotib olişni boşlasa ham, bu uni yanada öz mintaqasiga boğlab qöyadi. Yevropaning energiya manbalariga çiqiş uçun Turkiya orqali aloqa paydo bölişi mumkin, ammo Anqara öz manfaatlarini himoya qiliş uçun bu oqimni vaqtinça töxtatib qöyişga qodir. Şuning uçun Rossiya Armaniston uçun muhim hamkorligiça qolaveradi.
Şunga qaramay, Armaniston Rossiya tomonidan bosib oliniş xavfidan xoli, çunki umumiy çegara yöq. Bu Armanistonga ayrim öziga xos imkoniyatlarni beradi. Masalan, 2024 yilda Yerevan Rossiya çegaraçilarini Zvartnots xalqaro aeroporti va Eron bilan çegaradagi «Agarak» nazorat ötkaziş punktidan çiqarib yuborişga erişdi.
Ğarb tomon qadam taşlayotgan Armaniston AQŞ bilan Strategik şeriklik xartiyasini imzoladi. Biroq, bu harbiy ittifoq emas, balki iqtisodiy va diplomatik qöllab-quvvatlaş şakli. Hujjatda Yerevanning Amerika texnologiyalari, dasturiy ta’minotga ega bölişi, bozor islohotlarini qöllab-quvvatlaş va atom energiyasi böyiça hamkorlik kabi masalalar kötarilgan. Bular juda muhim masalalar bölsa-da, ammo yangiliklar sarlavhasiga çiqadigan darajada ta’sirli emas.
Masalan, Armanistondagi yagona Metsamor atom elektr stansiyasi faoliyati 2036 yilgaça uzaytirilişi mumkin, ammo bu Rossiyaning «Rosatom» kompaniyasi modernizatsiyasiga boğliq. Şu vaqtgaça Armaniston yangi atom elektr stansiyasini qurişi kerak böladi va ehtimol, bu AQŞ kompaniyalari tomonidan amalga oşiriladi. Bu yönalişda ilk qadamlar qilingan — 2024 yil avgustda Yerevan va Vaşington yadroviy texnologiyalarini mamlakatga ötkazişga imkon beradigan kelişuvni tayyorlagan.
Şu bilan birga, Armaniston Rossiyadan neft va gaz yetkazilişi borasida boğliqligiça qolaveradi. Na Yevropa Ittifoqi, na AQŞ bu masalani uzil-kesil hal qila oladi.
Ğarb Armanistonni uruşda himoya qilişga tayyormi?
AQŞ va Armaniston örtasidagi Strategik şeriklik xartiyasida siyosiy masalalar unçalik ta’sirli körinmaydi. Amerikaliklar Yerevanning Ozarboyjon bilan çegaralarni delimitatsiya qiliş va transport aloqalarini tiklaş böyiça pozitsiyasini qöllab-quvvatlagan. Ammo bu, masalan, Ozarboyjon Syunik viloyatini ozarboyjonlik qoçqinlarni qaytariş bahonasida bosib olişga harakat qilsa, AQŞ töğridan töğri harbiy yordam körsatadi, degani emas.
Moskva şu boisdan Armanistonning işonçini umuman yöqotib qöymaslikka harakat qilmoqda. Masalan, Sergey Lavrov Moskvada Ararat Mirzoyan bilan uçraşuvda Syunikda Rossiya konsulligini oçiş masalasini kötargan. Bunday konsulliklar mavjudligi Ozarboyjonni kuç işlatişdan tiyib turişi mumkin. Şuningdek, Armanistonning Ğarbdagi asosiy ittifoqçisi — Fransiya ham xuddi şu yöldan borişni rejalaştirgan, Eron esa bunday konsullikni 2022 yildayoq oçgan.
Armaniston hukumati Yevroittifoqqa a’zo böliş böyiça qonun loyihasini ma’qullab, mamlakat istalgan vaqtda integratsiyaga tayyor ekanini e’lon qilgan. Biroq, bu, aslida, saylovoldi va’dalardir. 2026 yildagi parlament saylovlari uçun yevrointegratsiya masalasi hukumatning asosiy ijobiy dasturiga aylantirilişi mumkin. Buning uçun referendumni saylov kuniga moslab ötkaziş ehtimoli ham bor, bu tajriba yaqinda Moldovada sinovdan ötdi.
Şu bilan birga, Moldovaning öz tajribasi Yevroittifoqqa a’zo bölişda nomzod maqomiga ega bölişning özi yetarli emasligini körsatadi. Armaniston esa hozirça bunday maqomga ega emas. Moskvadagilar ham bunga yaxşi tuşunişadi. Rossiya boş vaziri örinbosari Aleksey Overçuk Yerevanning Yevropa ittifoqiga qöşiliş harakatini «Titanik»ka çipta sotib olişga öxşatdi. Agar bu harakat real deb qaralsa ham, uning amalga oşişi önlab yillar ketadi.
Hozirça Ğarb tomon yuz buriş Armanistonga Yevropa va AQŞdan moliyaviy kömak olişga yordam bermoqda. 2024 yil uçun AQŞ tomonidan 65 mln dollar, Yevroittifoq tomonidan 270 mln yevro tört yil davomida taqdim qilinadigan grant körinişida ajratilgan. Şuningdek, Yevropaning tinçlik jamğarmasidan Ukrainaga yordam sifatida tuzilgan fonddan 10 mln yevro olingan.
Kreml Armanistonning Ğarb tomon burilişidan norozi, ammo buni töxtata olmaydi. Rossiya uçun yagona imkoniyat — kelasi yilgi parlament saylovlariga jiddiy aralaşib, Paşinyan tarafdorlarining köpçilik öringa ega bölişining oldini olişdir. Bu strategiyaning «sinovdan ötkazilgani»ni yaqin vaqtlarda Moldova misolida kuzatiş mumkin — bu yerda Kreml yevropaparast prezident Mayya Sandu ğalabasidan söng vaziyatni qayta özgartişga harakat qilişi mumkin.