Yaponiyalik Akixiko Kondo Xatsune Miku ismli virtual xonandaga uylandi. The Japan Times naşrining xabar berişiça, töyda kelin qöğirçoq körinişida namoyon bölgan.

Gologramma xonandani sevib qolgan 35 yoşli Kondo töy tantanasi uçun ikki million iyen sarfladi. Töy marosimida qirqqa yaqin mehmon qatnaşdi.

Foto: twitter.com/akihikokondosk/

«Men unga heç qaçon xiyonat qilmaganman. Doimo Miku-sanni sevganman va har kuni u haqda öylayman», dedi Kondo. U şu yilning martidan buyon Miku qiyofasidagi virtual yordamçili terminal bilan birga yaşab kelayotgan edi.  

Foto: twitter.com/akihikokondosk/

Kondoning ta'kidlaşiça, golografik turmuş örtoği uni har kuni ertalab uyğotadi, işga kuzatib qöyadi, keçqurun esa çiroqlarni öçirib, xayrli tun tilaydi.  

Ularning nikohi rasman qayd etilmadi. Miku gologrammasi bölgan kapsulalar işlab çiqaruvçi Gatebox kompaniyasi Kondoga «ikki ölçam örtasidagi nikoh töğrisidagi guvohnoma»ni topşirdi.