Bloomberg agentligi tomonidan sörovdan ötkazilgan tahlilçilar fikriça, yaqin beş oyda Amerika valyutasi «qulamaydi». Ularning ta'kidlaşiça, 2019 yilda dollar pasayib boradi, bu AQŞ iqtisodiyotining ösiş sur'atlari sekinlaşuvi tufayli yuz beradi, biroq bunday holat 2019 yil birinçi çoragi oxiriga qadar kuzatilmaydi.
Tahlilçilarning işonç bildirişiça, AQŞ Federal zaxira tizimi (FZT) va mehnat bozoridagi yaxşi körsatkiçlar Amerika valyutasini qöllab-quvvatlaydi. Bloomberg dollar indeksi sönggi 18 oy içida eng yuqori çöqqiga kötarildi va 12 noyabrdagi savdolarda yana 0,6 foizga ösdi. Şuning uçun yaqin vaqt içida dollar öziga qarşi öynovçi treyderlarga bardoş beradi.
«Dollar juda yuqori körsatkiçlarga yaqin. Ammo 6-12 oylik istiqbolda hammasi orqaga aylanib ketişi mumkin», - deya ma'lum qildi Credit Agricole tahlilçisi Valentin Marinov. Uning fikriça, AQŞ FZT monetar siyosati dollarni qöllab-quvvatlaşdagi asosiy omil sanaladi.
Societe Generale mutaxassisi Kit Yukes ham dollar AQŞ FZT va bandlikning kuçli körsatkiçlari tufayli qöllab-quvvatlanişini bildirdi. Uning fikriga köra, AQŞ valyutasi böyiça özgarişlar faqat 2019 yilda yuz berişi mumkin. Bank of America tahlilçisi Ben Rendol ham şunday fikrda. Uning aytişiça, AQŞ iqtisodiyotidagi ösiş sur'ati sekinlaşişi pasayişning asosiy omili böladi. Şu bilan birga, uning işonç bildirişiça, Yevropa muammolari, şuningdek, Brexit, aksinça, Amerika iqtisodiyotiga mustahkamlanib olişga yordam berişi mumkin.
Marinovning ta'kidlaşiça, 2019 yil oxiriga kelib yevro dollarga nisbatan hozirgi bir Yevropa valyutasi uçun 1,13 dollardan yevro uçun 1,26 dollargaça mustahkamlanişi mumkin, şu tariqa dollar indeksi 2017 yil oxiridagi öz qiymatiga qaytadi.












