Joriy yilning 11 noyabr kuni Samarqand viloyatining Payariq tuman IIBga tuşgan xabarga köra, Qumçuq mahallasida yaşovçi M.A. (ayol) uyida isitiş peçiga 50 litr hajmdagi gaz balonida bölgan suyultirilgan gazni şlang orqali ulab, işlatişlari sabab isitiş peçidan sizib çiqqan is gazidan M.A., birga yaşagan öğli Q.A. va kelini Z.A. zaharlanganlar.

Bu haqda Özbekiston Respublikasi IIV Jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boşqarmasi xabar bermoqda.

Natijada Q.A. voqea joyida vafot etgan, uning onasi va turmuş örtoği kasalxonaga yotqizilgan. 

Suriştiruv işlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Kattaqörğonda is gazidan zaharlaniş oqibatida bir oilaning ikki a'zosi vafot etgani xabar qilingandi.