«Real» sardori Serxio Ramos öz şa'niga yoğilayotgan tanqidlar böyiça fikrini aytdi.
«Agar «Real» muxlislarida qaysidir futbolçiga nisbatan e'tiroz paydo bölsa, demak undan yanada köproğini kutişayotgani oydinlaşadi.
Bu yerda haqiqiy afsonalarning huştakbozlikka uçraganini körganman. Agar 14 yilda ilk marotaba huştakbozlikka uçrasam, bundan xursand bölişim kerak.
Hamma işlarim joyida bölsa, tanqidlarga e'tibor bermayman. Buni şaxsiyatimga yaqin qabul qilmayman», – deb Ramos sözlarini keltirmoqda Marca.












