Konstitutsiyaviy sudning 14.11.2018 yildagi «Özbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksi, Özbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksi va Özbekiston Respublikasi Ma'muriy sud işlarini yuritiş töğrisidagi kodeksiga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida»gi Özbekiston Respublikasi qonuni loyihasini Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasiga kiritiş haqida»gi qarori Norma tomonidan körib çiqildi.
Konstitutsiyaviy sudga fuqaro S.Yakubjanov murojaat qilgan. U sud protsessining audioyozuvi (ovoz yozuvi) amalga oşirilişi yuzasidan Ma'muriy sud işlarini yuritiş töğrisidagi kodeksning (bundan keyin – MSIYuTK) 143-moddasi 2 va 4-qismlariga şarh berişni söragan. Uni audioyozuv (ovoz yozuvi) sud ruxsati bilan amalga oşiriladimi yoki bu sud majlisida hozir bölgan şaxsning huquqimi, degan savol qiziqtiradi.
Konstitutsiyaviy sud işni körib çiqdi…
MSIYuTKning 143-moddasida bir ma'noni anglatadigan ikkita turli atama qöllanilgan. Ikkinçi qismida – «audioyozuv», törtinçi qismida esa – «ovoz yozib oliş». Bu qonunçilik talablariga mos emas («Qonunlar loyihalarini tayyorlaş va Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunçilik palatasiga kiritiş tartibi töğrisida»gi Qonunning 21-moddasi). Bu nimaga olib keldi?
Qonunga köra işda iştirok etmayotgan zalda hozir bölganlar, şu jumladan jurnalistlar va jamoatçilik arboblari protsessni audioformatda (masalan, diktofonga) erkin yozib olişlari mumkin bölib çiqadi. Biroq mohiyatan asosiy iştirok etuvçi şaxslar – ariza beruvçi va javobgar, prokuror, davlat organlari vakillari, şuningdek guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar va tarjimonlar buning uçun sudga iltimosnoma taqdim etişlari va uning ruxsatini olişlari kerak. Bu bilan ularning huquqlari çeklanadi.
Şunday qilib, sud muhokamasining oşkoraligi prinsipiga rioya qilinmasdan sud işlarini yuritiş iştirokçilarining huquqi çeklanib, ularga sud majlisida ovoz yozib olişga sudning ruxsati talab etilişi, sud majlisi zalida hozir bölganlarga esa sudning ruxsatisiz ovoz yozib oliş huquqi berilgan.
Iqtisodiy sud işlarini yuritişda ham aynan şunday holat mavjud (IPKning 165-moddasi). Fuqarolik protsessida esa aksinça: iştirokçilar audioyozuvni amalga oşiriş uçun sudga iltimosnoma taqdim etişlari va uning ruxsatini olişlari zarur, qolgan barça esa taraflarning (da'vogar va javobgarning) roziligi va sudyaning ruxsati bilan ovoz yozib olişi mumkin.
Konstitutsiyaviy sud uçta kodeksga kiritiladigan tuzatişlarni tayyorladi
19:04 / 19.11.201810 6684 min












