Prezident Şavkat Mirziyoyev 17 dekabr kuni fuqaro va tadbirkorlarning konstitutsiyaviy huquqlarini himoya qiliş mexanizmlarini takomillaştiriş, Konstitutsiyaviy sud faoliyatini raqamlaştiriş masalalariga oid taqdimot bilan tanişdi.

Qayd qilinişiça, Konstitutsiyaviy sud öz vakolatlarini tölaqonli amalga oşirişini ta’minlaş bugungi kunning dolzarb vazifasi bölib, mazkur yönalişdagi islohotlarni yangi bosqiçga olib çiqiş taqozo etilmoqda.

Taqdimotda bu boradagi takliflar körib çiqildi.

Jumladan, Konstitutsiyaviy sud tomonidan har yili mamlakatda konstitutsiyaviy qonuniylikni mustahkamlaş böyiça taqdim etib boriladigan taklif va tavsiyalarni amalga oşirişning samaradorligi oşiriladi.

Bunda Konstitutsiyaviy sud tomonidan fuqaro va tadbirkorlarning murojaatlarini körib çiqiş tartib-taomillari maqbullaştiriladi, sansalorliklar bartaraf etiladi.

Şuningdek, «konstitutsiyaviy şikoyat» instituti samaradorligini oşiriş va murojaat etuvçilarning sud himoyasini ta’minlaş maqsadida sud işida qöllanilgan qonun Konstitutsiyaga muvofiq emas deb topilgan taqdirda tegişli sud hujjatini qayta körib çiqiş tartibini joriy etiş taklif qilindi.

Taqdimotda Konstitutsiyaviy sud faoliyatini raqamlaştiriş orqali aholiga qulaylik yaratiş masalalari ham muhokama qilindi.

Xususan, Konstitutsiyaviy sud majlislarida masofadan onlayn tarzda iştirok etiş, sud majlislarini internet orqali translatsiya qilib boriş, vazirlik va idoralar örtasida elektron axborot almaşinuvini yölga qöyiş rejalaştirilgan.

Konstitutsiyaviy sudning xalqaro maydondagi nufuzini oşiriş, xorijiy mamlakatlarning konstitutsiyaviy sudlari bilan hamkorlikni mustahkamlaş muhimligi körsatib ötildi. Sudning Osiyo konstitutsiyaviy sudlari assotsiatsiyasiga raisligi doirasida mamlakatimizda va xorijda qator xalqaro tadbirlar ötkazilişi rejalaştirilgan.

Odil sudlovni ta’minlaşga oid boşqa masalalar, xususan, iqtisodiy va ma’muriy sudlarni aholi hamda tadbirkorlarga yanada yaqinlaştiriş ham körib çiqildi. Jumladan, uşbu sudlarga murojaat qilişda eksterritorial sudlovga tegişlilikni avtomatlaştirilgan axborot tizimi orqali hal qiliş taşabbusi ilgari surildi.