«Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi faoliyatini yanada takomillaştiriş va zamonaviy raqamli texnologiyalarni joriy etişga doir çora-tadbirlar töğrisida»gi prezident farmoni imzolandi.
Farmonda belgilanişiça, muayyan iş böyiça sud tomonidan qöllanilgan qonunning Konstitutsiyaviy sud tomonidan Konstitutsiyaga muvofiq emas deb topilişi sud hujjatini örnatilgan tartibda qayta körişga asos böladi.
Şuningdek, muayyan iş böyiça qöllanilişi lozim bölgan normativ-huquqiy hujjatning Konstitutsiyaga muvofiqligi töğrisida sudlar taşabbusi bilan Konstitutsiyaviy sudga Oliy sud tomonidan murojaat kiritilişi holatini sudda tegişli iş böyiça iş yurituvini töxtatişga asos böladi.
Konstitutsiyaviy sud faoliyatini raqamlaştiriladi, jumladan:
- sud iştirokçilarini Konstitutsiyaviy sud majlisining vaqti va joyi haqida “Sud xabarnomasi” elektron xizmati va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining mobil ilovasi orqali Davlat budjeti hisobidan elektron tarzda xabardor qiliş;
- sud majlislari videokonferensaloqa rejimida, şu jumladan, mobil ilovadan foydalangan holda ötkazilişini ta’minlaş;
- Konstitutsiyaviy sud faoliyati töğrisidagi axborotning oçiqligini ta’minlaş maqsadida fuqaro va yuridik şaxslarga interaktiv xizmatlar körsatadigan axborot tizimlarini yaratiş;
- odil sudlovni amalga oşirişda zarur bölgan ma’lumotlarni fuqaro va yuridik şaxslarni ovora qilmagan holda vakolatli davlat organlari va taşkilotlaridan elektron şaklda oliş amaliyotini yölga qöyiş;
- sud majlislarini audioyozuv orqali qayd etib boriş hamda sud majlisi bayonnomalarini uşbu tizim yordamida şakllantiriş yölga qöyiladi.
2027 yil 1 avgustdan boşlab Konstitutsiyaviy sud faoliyatiga quyidagi imkoniyatlarga ega “E-KSUD” axborot tizimi sinov tariqasida joriy etiladi:
- Konstitutsiyaviy sudga elektron şaklda murojaat qiliş va murojaatlarni körib çiqiş jarayonini onlayn kuzatib boriş;
- fuqarolar va yuridik şaxslarga odil sudlovga erişişda qulaylik yaratiş maqsadida interaktiv xizmatlar körsatiş;
- sud majlislarini jonli efirga uzatiş imkoniyatini yaratiş;











