19 noyabr kuni Toşkent şahrida start berilgan Turizm böyiça birinçi xalqaro investitsion forumi doirasida sohaga  kamida 200-250 million dollar investitsiya jalb qilinişi kutilmoqda. Tadbirda 52 mamlakatdan taşrif buyurgan xorijiy hamda qator mahalliy sarmoyadorlar qatnaşmoqda. Boş vazir örinbosari Aziz Abduhakimov KUN.UZ muxbiriga bergan intervyusida şu haqida ma'lum qildi.

«Bugun Prezident Şavkat Mirziyoyev rahbarligi ostida amalga oşirilayotgan islohotlar tufayli mamlakatimizda turizm sohasi faol rivojlanmoqda. Kuzatuvlarimiz asosida şuni aytiş mumkinki, sayyohlar oqimi faol bölgan mavsumda ma'lum darajada mehmonxonalar yetişmovçiligini his qildik, zero xorijiy mamlakatlarning yirik turistik firmalari tomonidan Özbekistonga sayyohlarni yöllaşga oid murojaatlar köp böldi. Şu munosabat bilan davlat rahbari tomonidan xorijiy investorlar töğridan-töğri viloyatlarimiz hokimlik vakillari bilan uçraşiş va yer uçastkasiga ega böliş imkonini beruvçi xalqaro forumni taşkillaştiriş vazifasi berildi. Forum oldidan hukumatning Özbekistondagi turistik infratuzilmalar – mehmonxonalar, mavzuiy parklar va boşqalarga investitsiya kiritişga doir şartnomalarni imzolagan xorijiy sarmoyadorlar kimoşdi savdosisiz, töğridan-töğri yer uçastkasini qölga kiritiş imkonini beruvçi bitimni imzolaşi mumkinligi töğrisidagi tegişli qarori qabul qilindi», - deydi Abduhakimov.

Foto: Kamil Yenikeyev

Uning sözlariga köra, bugungi kunda xorijiy investorlar tomonidan Özbekistonga katta qiziqiş kuzatilmoqda, bu borada ayniqsa Turkiya, Hindiston, Xitoy, AQŞ, Yevropa mamlakatlari sarmoyadorlari katta faollik körsatmoqda.

«Forumda iştirok etiş uçun 200 nafardan ziyod salohiyatli xorijiy investorlar Toşkentga yetib kelişgan. Hokimliklarimizda 500 dan ortiq takliflar mavjud. Bugungi sessiyalar va ertangi B2B uçraşuvlar natijalari böyiça şartnomalar imzolanadi. Forum yakuniga köra, turizm sohasiga 200-250 million dollardan ziyod investitsiyalar jalb qilinişi kutilmoqda», - qöşimça qiladi u.

Ma'lum bölişiça, forumga yetib kelgan investorlarning aksariyati Özbekistonga birinçi marta kelgan. Xorijiy investorlarning aytişiça, ular uşbu forum va imkoniyatlar haqida xorijliklarning ijtimoiy tarmoqlardagi Özbekiston haqida postlaridan, ommaviy axborot vositalaridagi maqolalardan va TV-körsatuvlar orqali xabar topişgan.