Xalq ovozi | 17:34 / 21.11.2018
8087
2 daqiqa o‘qiladi

Xayriya natijasi: xalqning e'tibori Ibrohimjonning dardiga darmon bo‘lmoqda

Inson peshona teri bilan zahmat chekib topgan rizq-nasibasidan bir ulushini xayr-ehson qilishi g‘oyat mashaqqatli ish ekanligi oddiy haqiqat. Biroq qilgan saxiyligingizdan bir oila manfaatdor bo‘lganligini ko‘rsangiz ko‘zingiz quvnaydi. Yurtdoshlarimizning madadlari sabab shunday oilaning yosh farzandi Ibrohim davolanish muolajalarini boshladi.

Esingizda bo‘lsa, oktabr oyidagi xayriya aksiyalarimizdan birida nomli maqola e'lon qilingan edi.

Ushbu bolakay Ibrohimjon yetarli mablag‘ yig‘ilgani bois davolanishni boshlaganligi va hozirda kasalxonada ekanligini eshitib Toshkent shahar onkologik dispanseri tomon yo‘l oldik. Shifoxonada bizni Ibrohim va uning onasi Gulbahor opa kutib oldi.

Mover'da ko‘rish (tas-ix)

Youtube'da ko‘rish

«Xudoyimga shukr, hozircha yetarli mablag‘ yig‘ildi. O‘g‘lim davolanishni boshladi. Navbatdagi kursni olyapti. Kimyoterapiya oldi va undan keyingi muolajalar davom etmoqda. Ishtahalari yaxshi. Ancha kuchga kirib qoldi.

Saxovatli insonlarga minnatdorchilik bildiraman. Bee'tibor qoldirmay, yordamlarini ayashmadi. Hozir holatimiz ancha yaxshi», – deydi Ibrohimning onasi quvonchini yashirmay.

Shundan so‘ng bemorning shifokori, Toshkent shahar onkologik dispanseri mutaxassisi Sodiq Xatamovdan Ibrohimning holati haqida fikr oldik.

«Ibrohimning holati ancha yaxshi. Davolanishlarni o‘tamoqda. Ibrohimdagi kasallik suyak saratoni turiga mansub. Oldinda yana kimyoterapiyalar bor. Ularni o‘tab bo‘lsin. Keyin ko‘ramiz, so‘rilib ketsa yaxshi. Bo‘lmasa, natijaga qarab ish qilamiz», – deydi bolalar onkologiyasi mutaxassisi.

Shunday vaqtlarda xalqimizning hech kimning dardiga befarq va bepisand nigoh bilan qaramasligini qo‘rib inson beixtiyor ko‘ziga yosh oladi. Azizlar, qilgan ehson amallaringiz qabul bo‘lsin. Zero, Alloh qilayotgan amallaringizdan xabardordir.

Mavzuga oid