Ösmirlar orasidagi suiqasd holatlari. Jamiyat zimmasidagi javobgarlik
|00:47 / 21.11.201816 57312 min
Şunday mavzular borki, ular xususida yoziş ham qiyin. Yozsang ham özingni aybdordek sezasan kişi. Lekin yozmaslikning ham iloji yöq. Öz joniga qasd qiliş muammosi mana şunday qaltis mavzulardan hisoblanadi. Mazkur suhbatda ayni şu qaltislik langar çöpi orqali muvozanatni tutib mulohaza yuritişga intildik. Pop tumani boş imom xatibi Adhamjon Abdurahmonov savollarga javob berdi.
- Domla, öz joniga qasd qilgan ösmirlardan bir neçasining oilasi, yuriş-turişi, iqtisodiy ahvoli, qöni-qöşni va yor-birodarlari bilan munosabatlarini örganganimizda, ğalati holatga duç keldik. Ularning aksariyatida oila farovon, heç qanday iqtisodiy yoki moliyaviy muammo yöq, turli maişiy kelişmovçiliklar ham kuzatilmagan. Şunday bölsa-da, ular öz jonlariga qasd qilişgan. Nima uçun ular şunday işga qöl urgan deb öylaysiz? Buning sabablari nimada?
- Aslida barça samoviy dinlar qatori muqaddas islom dinida har bir bandaning, ayniqsa mömin kişining hoh yaxşi, solih bölsin, hoh gunohkor bölsin umri uzoq bölişi uluğ ne'mat hisoblanadi. Çunki solih inson bölsa, savobi köpayib, köplar undan manfaat topadi. Gunohkor bölsa tavba qilib, töğri yölga tuşib ketişidan umid qilinadi. Şuning uçun har bir dunyoga kelgan inson to öz ajal soati yetmagunça yaşab, hayot quvonçlari-yu taşvişlaridan bahramand bölişi kerak. Töğri, öz joniga qasd qilişdek katta gunoh hisoblangan jinoyat sodir bölgan oilalarda heç bir kamçilik yöqday körinadi. Haqiqatda esa oilada şunday holat kelib çiqişi uçun sabablar yetarliça bor böladi. Keling, avvalo şu öz joniga qasd qilişga sabab qilib körsatiladigan holatlarni sanab ötsak. Diniy tuşunçalarning öta sayozligi, bilimsizlik, töqçilik, yöqçilik, şahvoniy yoki nafsoniy muhabbat, öz joniga qasd qilişni muammoning yeçimi deb öylaş yoki şunga turtki (öyinlar «Kök kit öyini») beriş, ölimning haqiqatini, oxirat, qayta tiriliş, qiyomat va jannat rohatlari, dözax azoblari borasida e'tiqod sustligi va albatta ruhiy xastalik. Qaysi bir oilada öz joniga qasd qiliş holati yuz bergan bölsa albatta yuqoridagi sabablardan biri yoki ikkitasi albatta topiladi. Demak, uşbu holatlarga barham beriş orqali bu yomon illatdan xalos bölamiz.
- Bir hamkasbimizning aytişiça, öqişdan uç yil ketma-ket «yiqilgan» abituriyent qiz ota-onasiga zarda qilib, özini osib qöyibdi. Yoki boşqa bir holatda ota-ona öğliga özi yaxşi körgan qizni olib bermabdi. Natijada yigit öz joniga qasd qilgan. Bunday vaziyatda şirin jonini qurbon qilişga topilgan kuç qanday izohlanadi? Qanday qilib yoşlarni bunday ruhiy holatdan xalos etiş yoki ogohlantiriş mumkin?
- Qur'oni karimda va hadisi şariflarda inson umrining, yaşaşning ahamiyati töğrisida ma'lumotlar berilgan. Payğambar alayhissalom hadisi şariflaridan birida: «
Mavzuga oid
... dunyo yam-yaşil va gözaldir, Alloh unga ega qilib qöyib, söng sizlarni kuzatuvçi va nima iş qilişlaringni körib turguvçidir...»
deb marhamat qilganlar. Demak, şunday gözal dunyoga keltirib qöyib Parvardigori olam bizni kuzatib turar ekan. Agar inson arzimagan işni katta muammo hisoblab, öşa iş atrofida aylanaversa öziça undan baxtsizroq inson bölmaydi. Bora-bora yurak xuruj qilişi yoki vos-vosga aylanib ketişi mumkin. Masalan, öşa oliy ta'lim maktabiga imtihondan öta olmaganini katta muammo hisoblagan abituriyent qizimiz özidan boşqa qançalar umuman oliy ta'lim dargohiga kela olmagani, boşqa qançalar undan köproq marta harakat qilib oxiri maqsadiga yetganligini öylab körsa, özining muammolari heç narsadek bölib qoladi. Afsuski, bu narsani tuşuntirişi lozim bölgan ota-ona ham, uning yaqinlari ham loqayd böladilar. Yoki farzandining noşudligini, ilmsizligini ta'na qilişdan nariga ötmaydilar. Oqibatda bola öşa maş'um işga qöl urib qöyadi.
Yoşi kattalar köp qiyinçiliklar, musibatlar, ayriliqlarga duçor bölişgan-y lekin, şunday tubanlikka tuşmaganlar. Xöş, bugungilar-çi?
Darhaqiqat, avvalgilar katta musibatlar, ulkan maşaqqatlarga qolgan paytlarida ham bunday tubanlikka tuşişmagan. Çunki, ularning ota-onalari şunday tarbiya berişgan. Jufti haloli uruşda halok bölgan va 7-8 nafar farzandi bilan qolgan onaizor barça maşaqqatlarni yengib ayollik, onalik nomiga doğ tuşirmasdan bolalarini tarbiya qilib, uylab-joylagan. Hayot eri turib buzuq yölga kirib ketayotgan «onalar» yoki şirindan şakar farzandlarini tirik yetim qilayotgan «otalar» tufayli, ular tarbiyasiz qoldirgan farzandlar sabrsizlik - noşukurlik oqibatida öşa holatga tuşmoqdalar.
- Insoniyat yaratilibdiki, hamişa muammolar va ziddiyatlar mavjud. Boşqaça aytganda, ota-bobolarimiz ğam-taşvişlar içida yaşaşsada, öz jonlariga qasd qilişdan tiyilişgan. Hatto bugungi muammolar ota-bobolarimiz tortgan azoblar oldida arzimasdek tuyuladi. Biroq nega endi zamondoşlarimiz orasida öz joniga qasd qiliş holatlari köpayib bormoqda? Buni çidamsizlik, toqatsizlik desak töğri böladimi?
- Albatta ota-bobolarimiz körgan ğam taşvişlarning öndan birini ham körmadik, bu ham bir ne'mat. Ular mustamlaka davrida oziq-ovqat tanqisligidek köplab qiyinçiliklarni yengib ötişgan. Kattalardan sekin sörasangiz, közlarida yoş bilan bir burda non bölsa edi, bir yeb töyib olsam deb orzu qilgan kunlarimiz bölgan, deb aytişadi. Bugun-çi, yeganimiz oldimizda yemaganimiz ortimizda, turli xil çiroyli kiyimlar kiyamiz yana noşukurlik qilinadi. Menimça, uyda ota-ona har nonuşta yoki keçki ovqat paytida özi yoki otasidan eşitgan maşaqqatli kunlarni bolalariga hikoya qilib, bugungi kunni qanday farovon va tökinlik ekanini qayta-qayta aytib turişlari lozim.
- Heç bir sababsiz öz joniga qasd qilganlar haqida xalqimiz «vos-vos bölibdi» deydi. Fanda bu «ruhiy depressiya» deyiladi. Xaqiqatdan ham, «vos-vos» insonni öz joniga qasd qiliş darajasiga olib keladi. «Vos-vos»ni oldindan seziş va davolaşning imkoni bormi?
- Uyda ota-ona farzandlariga huşyorlik bilan muomala qilişi va ularning ruhiy holatini kuzatib turişi kerak. Bolasining holati özgarib qolganini ota sezmagan holida ham albatta ona sezadi. Şunday holatda çin dildan farzandining ruhiyatini kötariş uçun bir oğiz şirin söz gapiriş kifoya qiladi. Şu örinda payğambarimiz Muhammad (s.a.v)ning quşçasi ölib qolgan bolaning holini sörab könglini kötarganlarini eslaş kifoya qiladi.
- Oçiği, mahalla köyda özimiz yaşayotgan hududda, taniş-bilişlarimiz hayotida öz joniga qasd qiliş holatlariga guvoh bölganmiz. Bugun körib suhbatlaşgan inson haqida ertasi kuni sovuq xabar eşitganmiz. Demak, bu jarayon – öta nozik voqelik. Demoqçimanki, öz joniga qasd qiliş jarayonini unça-munça odam yoki mutaxassis avvaldan bilavermaydi, aniqroği, bugun mamlakatimizda mazkur muammo yuzaga qalqib çiqdi. Prezidentimiz bu muammoni bartaraf etiş xususida jon kuydirib körsatmalar berdi. Şu ma'noda hozir har birimiz qanday işlarni amalga oşirişimiz, özimizga yaraşa qanday vazifalarni ado etişimiz lozim? Mutasaddilar tomonidan bu borada qanday tadbirlar taşkillaştiriş darkor deb hisoblaysiz?
- Payğambarmiz Muhammad mustafo alayhissalomning «har birlaring rahbarsizlar, har birlaring öz qöl ostingizdagilardan söralasizlar», degan ma'nodagi ögitlariga amal qilib, har bir soha mutasaddilari öz vazifasidan kelib çiqib, uşbu illat oldini olişga öz hissasini qöşişi lozim. Mahalla oqsoqollari öz mahallasi orasida imom-xatiblar ma'raka-marosimlarda, öqituvçilar öquvçilar orasida, yoşlar ittifoqi vakillari hamkorlikda yoşlar orasida tarğibot olib borişi lozim. Bu yölda yana şunga etibor qaratiş zarurki, hadeb öz joniga qasd qiliş gunoh – jinoyat deb takrorlaşdan köra, hayotning gözal ekanligini, har bir kişiga berilgan uluğ ne'mat ekanligini, uning qadriga yetiş, berilgan imkoniyatlardan töla foydalanişni, ba'zan yuz beradigan maşaqqatlar ötkinçi ekanligini, öşa maşaqqatlarni yengib ötgan insongina orzu qilgan maqsadlariga yeta olişini, bu yölda tarixda ota-bobolarimiz qanday maşaqqatlar tortib ötganlarini qayta-qayta aytib, tuşuntirib boriş lozim.
Qur'oni karimda: «Sizlarni biroz xavf-xatar, oçlik (azobi) bilan, molu-jon va mevalar (hosilini) kamaytiriş bilan sinagaymiz. (Şunday holatlarda) sabr qiluvçilarga xuşxabar bering (ey Muhammad)! Ularga musibat yetganda: «Albatta, biz Allohning ixtiyoridamiz va albatta, biz uning huzuriga qaytuvçilarmiz», - deydilar. Aynan öşalarga Parvardigorlari tomonidan salavot (mağfirat) va rahmat bordir va aynan ular, hidoyat topuvçilardir», Baqara 155- oyat.
Qarang, uşbu oyati karimada Parvardigori olam hamma vaqt tökin-soçinlik, baxt-iqbol, mol-dunyo möl-köl bölavermasligini, ba'zan qiyinçilik maşaqqati yoki musibatlar, sinovlar bölişini aytib bermoqda. Alloh taolo Payğambarlarini, aziz-avliyolar, olimu-fuzalolarni maşaqqat, musibatlar bilan sinagan. Barçalari uşbu sinovlarga bardoş bilan öz yaqinlariga va kelajak avlodlarga namuna bölişgan.
Muqaddas dinimiz hattoki insonni ölimni orzu qilişdan, öziga ölim tilaşdan ham qaytaradi.
Arzimagan bir muammo uçun qimmatli ne'matdan – hayotdan voz keçib, joniga qasd qiliş öta oğir gunoh hisoblanadi. Imom Buxoriydek zot Buxoroga siğmadilar, Zamaxşariy bir oyoği çöloq bölaturib, ilm oliş yölida jahon kezdi, alloma böldi, Imom Termiziyning közlari körmay qoldi, şoh Maşrab «Tikansiz gul sadafsiz dur maşaqqatsiz hunar bölmas» deya musofirlikda vafot etdi.
Davron meni ötkardi saru somondin,
Oyirdi meni bir yöla xonu mondin,
Gah boşima toj, gah baloyi ta'na
Nelarki boşimğa kelmadi davrondin,
deya Bobur mirzo hayotda musofirlik, vatandan ayro yaşaşga majbur bölsa-da, hayot uçun kuraşib, Hind diyorida yuz yillar hukm yuritgan Boburiylar sulolasiga asos soldi. Bunday zotlar qatorini yana va yana davom ettiriş mumkin...
Imom Buxoriy rivoyat qilgan hadisi qudsiyda Allohi taolo bunday marhamat qiladi: «Bandam özini özi öldirib, Mening unga bergan umrimga şukr qilmay şoşildi. Şuning uçun unga jannatni abadiy harom qildim».
Boşqa bir hadisi şarifda esa: «Kim özini biror narsa bilan öldirsa, qiyomatda öşa narsa bilan azoblanadi», - deb marhamat qilingan.
Zero, öz joniga qasd qilgan bilan muammo yeçilib qolmaydi, hatto unga janoza ham öqilmasligi buyurilgan. Bunday besabr inson abadiy azobga qoladi. Demak, yaqinlarimizni şunday yomon illatdan saqlaylik, toki har bir ayolu erkak, yoşu qari uzoq va farovon umr körib vatanga, xalqiga xizmat qilsin, namuna bölsin.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi