Universal Mobile Systems (UMS) uyali aloqa operatori ustav kapitalidagi davlat uluşi 100 foiz «Raqamli işonç» raqamli iqtisodiyotni rivojlantirişni qöllab-quvvatlaş jamğarmasi davlat muassasasiga topşiriladi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Prezidentining 21 noyabr kuni imzolangan «Raqamli iqtisodiyotni rivojlantiriş maqsadida raqamli infratuzilmani yanada modernizatsiya qiliş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarorida közda tutilgan. Hujjat matni ÖzAda keltirilgan.
Hujjatda mazkur qaror raqamli iqtisodiyotni jadal rivojlantiriş uçun şart-şaroitlar yaratiş, davlat boşqaruvi tizimini yanada takomillaştiriş, undan foydalaniş imkoniyatlarini kengaytiriş, zamonaviy infratuzilmani qöllaş maqsadida qabul qilingani qayd etilgan.
Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boşqaruvi milliy agentligi raqamli iqtisodiyotni joriy etiş va rivojlantiriş sohasida vakolatli organ hisoblanadi. Sentyabr oyida raqamli iqtisodiyotni rivojlantiriş sohasidagi, şu jumladan, «blokçeyn» texnologiyalarini joriy etiş bilan boğliq loyihalarni davlat-xususiy şeriklik şartlarida amalga oşiriş uçun investorlarning mablağlarini jalb etiş va birlaştiriş asosiy vazifalaridan biri hisoblangan davlat muassasasi şaklidagi «Raqamli işonç» raqamli iqtisodiyotni rivojlantirişni qöllab-quvvatlaş jamğarmasi taşkil etilgan.
Qaror bilan prezident huzuridagi Loyiha boşqaruvi milliy agentligi va «Raqamli işonç» jamğarmasiga yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni jalb etgan holda ikki oy muddatda samaradorlikning asosiy körsatkiçlari (KPI) va mamlakatda raqamli iqtisodiyotni joriy etiş uçun zarur texnik bazani yaratiş bilan bir qatorda quyidagilarni nazarda tutuvçi 2019−2021 yillarda «Universal Mobile Systems» MÇJni rivojlantiriş Kontseptsiyasini işlab çiqişi va tasdiqlaşi belgilandi:
- operatorning boşqaruv tizimiga, şu jumladan, mobil xizmatlar körsatiş sohasida yetarli tajribaga ega malakali mutaxassislarni jalb etiş orqali innovatsion menejmentni joriy etiş;
- içki kuç va mablağlarni safarbar etiş, telekommunikatsiya uskunalarini modernizatsiya qiliş va texnologik jihatdan qayta jihozlaş;
- Özbekiston Respublikasi hududini rivojlangan mamlakatlar darajasida internet global tarmoğiga ulaniş imkoniyatlari bilan imkon qadar töliq qoplaşni bosqiçma-bosqiç ta'minlaş;
- barça davlat xizmatlarining faqatgina operatorning ma'lumotlarga işlov beriş markazlari orqali körsatilişini ta'minlaş.











