Qalam xoh rangli, xoh qora rangda bölsin tayyorlanişi maxsus texnologiyani talab etmaydigan buyumga öxşaydi. Biroq qalamni işlab çiqiş uçun bir neça kun talab etilar ekan. Har qanday daraxt ham sifatli qalam uçun asos bölolmaydi. Kulrang va rangli qalamlar böyoqning mavjud yoki aksinça ekani bilangina farqlanmaydi.

Qalamlar qanday tayyorlanadi?

Rossiyada qalamni işlab çiqiş uçun jöka, qarağay, qandağoç yoğoçidan foydalaniladi. Biroq kedr qarağayidan tayyorlangan qalamlar eng sifatlisi sanaladi. Qalamlarni işlab çiqarişda jahon sanoatida boşqa sifatli xom-aşyo – jyelutong tropik daraxtining yoğoçi maşhurlikka erişgan.

Kulrang va oddiy qora qalamlar sterjeni turli qalinlikka ega grafitdan iborat. Rangli qalamlarda esa grafit bölmaydi. Ularning sterjeni böyoq moddalar, loy va ularni birlaştiruvçi tarkibiy qismlardan taşkil topadi.