Isroilning Sirin Labs kompaniyasi dunyodagi birinçi blokçeyn-smartfonni çiqardi. Gadjyet Finney deb nomlandi. Yangi mahsulotning narxi 999 dollarni taşkil etdi.

Qurilmani rasmiy veb-saytdan xarid qiliş mumkin, 2019 yil yanvaridan esa u Amazon’da sotuvda paydo böladi.
Finney kriptovalyutani uzoq muddatli saqlaş va u bilan operatsiyalarni amalga oşiriş uçun hamyon hamda muloqot uçun oddiy telefon sifatida işlaydi. U egalari ma'lumotlari xavfsizligini ta'minlaş uçun ma'lumotlarning tarqatma bazasidan foydalanadi.

Qurilma Android’ning özgartirilgan versiyasi hisoblangan SirinOS operatsion tizimi asosida işlaydi. Yangi tizim qurilma egalari ma'lumotlari xavfsizligi muammosini hal qiladi. Işlab çiqariş bilan Tayvanning Foxconn firmasi şuğullanadi.









