2018 yilda elektr energiya işlab çiqariş hajmi ötgan şu davrga qaraganda qariyb 20 foizga oşgan va mos ravişda energiya işlab çiqariş uçun xom-aşyo vositasi - gaz yetkazib beriş ham köpaygan.
Aholiga yetkazib berilayotgan elektr energiya tanqisligi holatidan söng, «Özbekneftgaz» elektr işlab çiqaruvçi «Özbekenergo» rahbariyati bilan uçraşib, bir stol atrofida har kunlik iste'mol uçun talab etiladigan energiya işlab çiqariş uçun, unga zarur gazni yetkazib beriş masalasi hal qilingan. Bu haqda «Özbekneftgaz» boşqaruvi raisining örinbosari Odil Temirov ma'lum qildi.
«Aholi energiya uçun xom-aşyo yetişmasligi tufayli tok berilmasligi bölmaydi. Bu haqda öylanmasa ham böladi. Qolaversa, kelasi yildan yangi IES işga tuşiriladi», - deydi Temirov.
26 noyabr kuni tonggi soat 3.00da «Xorazm podstansiya»da jiddiy avariya yuz bergan. Natijada, viloyat markazi va tumanlari elektr tarmoğidan uzilib qolgan. Podstansiyadagi avariya juda katta yuklama va noqulay ob-havo şaroiti tufayli sodir bölgandi .
Kun.uz muxbiri bilan suhbatlaşgan «Özbekenergo» vakiliga köra, elektr energiyaning yetişmovçiligi issiqlik elektr stansiyalarida tok işlab çiqariş uçun yoqilği, xususan gazning çeklov bilan yetkazib berilişiga boğliq.
«Iste'mol normasidan ortiqça sarflangan tokni yetkazib berişda jiddiy muammolar mavjud. Masalan, birdan talab oşib ketadi, tabiiyki, yuklaniş ortib ketgani uçun tizimda avariyalar kuzatiladi. Hammaga birdek energiya yetkazib beriş uçun gaz kerak», - deydi u.
Avvalroq, «gaz zapravka»larda metan gaz narxining birdan oşib ketişiga aslida Iqtisodiyot vazirligi tomonidan taqsimlangan gazning talab darajasida yetişmasligi aytilgandi.
«Özbekneftgaz» muammoni vaqtinça bartaraf etiş uçun limit doirasida AGTKSlarga gaz yetkazib beriş hajmini oşirgan. Şuningdek, Moliya vazirligi xodimi metan gaz narxi böyiça siyosatda özgariş kutilayotganini ma'lum qilgan.
«Özneftgazqazibçiqariş» AJ Uglevodorodlarni qazib çiqariş va gazni qayta işlaşni muvofiqlaştiriş boşqarmasi boşliği örinbosari Şavkat Uluğov esa Özbekistonda yöldoş gazlardan elektr energiya işlab çiqariş usuli qöllanilayotganini ma'lum qilgan.












