16 noyabr kuni energiya taşuvçilarning narxi oşirilgaç, respublikaning ayrim hududlarida avtomobillarga metan gaz quyiş şoxobçalari — gaz töldiriş kompressor stansiyalarida xizmatlar narxi keskin ösgani haqida xabar berilgandi.
Moliya vazirligi tahliliga köra, AGTKSlarda bir kubometr metan gaz narxi örtaça 300–400 sömga oşdi va kuzatilgan eng qimmat baho 2200 söm bölgani aytilmoqda.
Kun.uz respublikadagi barça «gaz zapravka»larda narxning keskin oşib ketişiga nima turtki bölganini örganib, ma'lumot taqdim etgandi.
Kun.uz muxbiri bilan suhbatlaşgan Moliya vazirligi xodimining aytişiça, «ayni paytda uşbu masala yuzasidan amaldagi tartibga qöşimça va özgartiş kiritiş böyiça takliflar körib çiqilmoqda. Bu özgariş aynan limitdan ortiq olingan gaz sarfi uçun belgilangan koeffitsiyent miqdorida» aks etişi mumkin.
Agar kutilgan özgariş vazirlik xodimi ta'kidlaganidek, limitdan ortiq olingan gaz sarfi uçun belgilangan koeffitsiyent miqdori pasaytirilsa, öz-özidan «gaz zapravka»larda narx tuşişi lozim.

















