Buenos-Ayres aeroportida Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan siyosiy mojaroga tortuvçi noqulay vaziyat yuz berdi.
 

Gap şundaki, Buenos-Ayresga “Katta yigirmatalik” sammitida iştirok etiş uçun kelgan Makron va uning rafiqasi Brijitni Argentina rasmiy şaxslaridan heç kim kutib olmagan. Ular samolyotdan çiqişganda ularni kutib olişi kerak bölgan birorta rasmiy şaxsni körişmagan.

Internetda joylaştirilgan uşbu holat videosida Makron taajjubini yaşirmagan holda aeroport xodimlari bilan söraşib, jilmaygança avtomobili tomon yöl olayotganini köriş mumkin.

Fransiya prezidentini aslida Argentina vitse-prezidenti Gabriela Miketti kutib olişi kerak bölgan. Biroq uning aytişiça, Makronni kutib olişi kerak bölgan delegatsiyaga aeroportda vaqtida paydo bölişga tuşunmovçilik xalaqit qilgan.

“Ularni kutib oliş uçun qizil gilamça yoniga borişimizga “Hozir” deyilmagunça kutişimiz kerak edi. Barçasi daqiqalargaça rejalaştirilgandi va Fransiya prezidenti xodimlari bilan kelişilgandi. Ammo ular bizga “hozir” deb körsatma berişganda, prezident avtomobilga ötirib bölganini angladik”, deb aytgan Miketti.

Fransiya OAV Makron aeroportga kelgandan keyin sariq jiletdagi xodim bilan qöl berişib söraşganiga e'tibor qaratişgan va kinoyali tarzda buni Fransiyada ötayotgan “sariq jiletlar” harakati namoyişlari bilan boğlaşgan.