«Nyu-York Siti» hujumçisi David Vilya faoliyatini Yaponiyada davom ettiradigan böldi.

Futbolçining özi tvitterda tasdiqlaşiça, endi u «Vissel Kobe» klubi a'zosiga aylandi. Uşbu jamoada uning Ispaniya terma jamoasi va «Barselona»dagi sobiq jamoadoşi Andres Inesta ham töp suradi.

36 yoşli Vilya MLS`ning sönggi 4 mavsumida iştirok etdi. U 2013 yil yozida «Barselona»dan «Atletiko»ga ötgan, oradan bir yil ötib Nyu-Yorkka köçib ketgan edi. Bu mavsum klub çempionatni 3-örinda yakunladi, David esa 26 öyinda maydonga tuşib, 20ta golda bevosita iştirok etdi (15+5).