Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Özbekiston Respublikasi soğliqni saqlaş vazirining “Tibbiy ixtisoslaşuvning tegişli turini amalga oşiriş uçun zarur bölgan moddiy-texnik baza, asbob-uskunalar va boşqa texnik vositalar, şu jumladan tibbiy texnikaga eng kam talablarga qöşimça kiritiş haqida”gi buyruği loyihasi joylaştirildi.

Hujjat bilan Tibbiy ixtisoslaşuvning tegişli turini amalga oşiriş uçun zarur bölgan moddiy-texnik baza, asbob-uskunalar va boşqa texnik vositalar, şu jumladan tibbiy texnikaga eng kam talablarga quyidagi qöşimça kiritilişi mumkin:

Quyidagi mazmundagi 301-bob bilan töldiriladi:

“31-bob. Xalq tabobati ixtisosligi böyiça

54-1. Maslahat, diagnostika va konservativ davolaşdan iborat bölgan ambulator tipdagi tibbiyot taşkilotida quyidagilar bölişi lozim:

steril tibbiyot asbob-uskunalari uçun stol;
xalq tabobati vakili uçun iş stoli;
stullar;
kuşetka;
muolaja xonasida statsionar holatdagi bakteriotsid lampa;
sterillaş va distillaş uçun möljallangan tibbiyot asbob-uskunalari yoki sterilizatsiyani ötkaziş uçun imzolangan şartnoma (faoliyatida invaziv muolajalar mavjud bölganda);
tonometr va fonendoskop;
tibbiyot termometri.

54-2. Maslahat, diagnostika va konservativ davolaşdan iborat bölgan statsionar tipdagi tibbiyot taşkilotida quyidagilar bölişi lozim:

steril tibbiyot asbob-uskunalari uçun stol;
xalq tabobati vakili uçun iş stoli;
hamşiralar posti uçun stol;
stullar;
kuşetka;
sovutgiç (xolodilnik);
muolaja ötkaziladigan xonada statsionar holatdagi bakteriotsid lampa;
sterillaş va distillaş uçun möljallangan tibbiyot asbob-uskunalari yoki sterilizatsiyani ötkaziş uçun imzolangan şartnoma (faoliyatida invaziv muolajalar mavjud bölganda);
karavotlar;
tonometr va fonendoskop;
tibbiyot termometri.”.