Şvetsiyaning giperkarlar işlab çiqaruvçi Koenigsegg kompaniyasi AQŞning Nevada ştatida joylaşgan yölda 2017 yil kuzida Agera RS modelida örnatilgan tezlik rekordini yangilamoqçi. Kompaniya buni takomillaştirilgan Regera supergibridi yordamida amalga oşirmoqçi.

The Supercar Blog saytida ma'lum qilinişiça, Koenigsegg “Regera”ning tezlaşiş vaqtini bir soniyaga yaxşilovçi va tezlik çeklovini 400 km/soatdan oşiruvçi yangi dasturiy ta'minot ustida işlamoqda. Gibrid 0 dan 400 km/soatgaça 20 soniyada tezlaşadi. Agera RS’da esa bu körsatkiç 26,88 soniyani taşkil qiladi.  

Maşinani 8 silindrli tvin-turbo, 3 ta elektromotor va Koenigsegg Direct Drive (KDD) transmissiyasidan iborat kuç qurilmasi harakatga keltiradi. Kuç qurilmasining umumiy quvvati 1500 ot kuçini taşkil qiladi. Regera joyidan 100 km/soatga 2,8 soniyada erişadi.

2017 yil noyabrida 1360 ot kuçiga ega Koenigsegg Agera RS  birvarakayiga bir neçta rekord örnatgan. Ikki eşikli maşina soatiga 447 km tezlikka erişib, eng tezkor seriyali avtomobilga aylangan hamda joyidan 400 km/soatgaça tezlaşiş böyiça öz rekordini yangilagan. Giperkar buni 33,29 soniyada amalga oşirgan (Bugatti Çiron’dan 8,5 soniya tezroq).