Pantone tadqiqot instituti «tirik korall» rangini 2019 yil rangi deb e'lon qildi.  

Pantone vitse-prezidenti Lori Pressmanning sözlariga köra, rang bu öziga xos «til» bölib, u madaniyat bilan bevosita boğliq. Pressman atrof-muhitning insonlar hayotiga ta'siri kuçayib borayotganligi «tirik korall» rangi tanlanişiga sabab bölganini aytdi.

«Tabiat bilan qanday hol yuz berayotganini, tabiiy resurslar tugab borayotganini körib turibmiz. Biz tabiatdan oladigan narsalardan biri energiyadir. Biz tabiat özgarişi haqida öylaganimizda, bu rang hayotga jon baxş etadi», dedi u.
Pantone 20 yildan buyon har yili dekabrda kelgusi yilning rangini tanlaydi. Tanlov moda, arxitektura, dizayn va madaniyatdagi trendlarga asoslanadi.