Toşkent şahridagi «Yoşlar ijod saroyi»da mamlakat taraqqiyotiga munosib hissa qöşayotgan bir guruh yoşlarga «Özbekiston belgisi» kökrak nişonini topşiriş tantanali marosimi bölib ötdi.

Marosimda Özbekiston Yoşlar ittifoqi, Özbekiston Respublikasi xalq ta'lim vazirligi, Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi vakillari davlat va jamoat arboblari, vazirlik, idora va muassasalarning mutasaddi rahbarlari, Özbekiston yoşlar ittifoqi yetakçilari va faollari, «Özbekiston belgisi» kökrak nişoni sovrindorlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari qatnaşdi.

— 2003 yildan boşlab «Özbekiston belgisi» kökrak nişoni bilan mukofotlangan yoşlar soni 551 nafarni taşkil etdi. Mazkur kökrak nişoni sohibi böliş iştiyoqidagi yoşlarning soni yildan-yilga ortib borayotganligini 2018 yilda tanlov Komissiyasiga mingga yaqin yoşlar hujjati kelib tuşganligidan bilişimiz mumkin, – deydi yoşlar yetakçisi Qahramon Quronboyev. — Bu galgi taqdirlaş avvalgilaridan farqli ölaroq, özining mehnatsevarligi, fidoyiligi hamda Özbekiston Respublikasi obrösini xalqaro darajada yuksaltirişga qöşgan alohida hissasi uçun çet el fuqarolari, ya'ni Rossiya va Xitoydagi hamkorlarimiz taqdirlanadilar.

Ilm-fan, madaniyat, ta'lim, soğliqni saqlaş, san'at va jurnalistika, sport, qişloq xöjaligi hamda kiçik biznes, huquq va harbiy sohalarda samarali faoliyat olib borayotgan, ilmiy-ijodiy faoliyati orqali yuksak natijalarga erişayotgan 41 nafar yoşlarga sohalarning faxrli vakillari tomonidan «Özbekiston belgisi» kökrak nişoni topşirildi.

«Özbekiston belgisi» kökrak nişoni sohiblarini Özbekiston Respublikasi prezidenti maslahatçisi Abdujabbor Abduvohidov qutladi. Respublika «Mahalla» xayriya jamoat fondi boşqarma raisi – Şavkat Javlonov, Respublika xalq ta'lim vaziri – Şerzod Şermatov, Respublika madaniyat vazirining birinçi örinbosari – Ozodbek Nazarbekovlar «Özbekiston belgisi» kökrak nişonlarini tantanali ravişda öz egalariga topşirdilar.