Toşkentdagi “Turkiston” saroyida “Özbekiston belgisi” kökrak nişoni sovrindorlarini tantanali taqdirlaş marosimi bölib ötdi. Bu haqda ÖzA xabar bermoqda.
Uşbu kökrak nişoniga nomzodlar “Kamolot” yoşlar ijtimoiy harakatining quyi taşkilotlari va jamoatçilik tomonidan taqdim etilib, sovrindorlarga mukofot Harakat markaziy kengaşining qarori asosida berilayotir. Zero, bugun mamlakatimizda soğlom fikrli yoşlarni öz atrofida birlaştiriş, ularni har tomonlama qöllab-quvvatlaş va manfaatlarini ta'minlaşda “Kamolot” yoşlar ijtimoiy harakatining ham muhim örni bor. “Özbekiston belgisi” kökrak nişonining Harakat tomonidan topşirilişi yoşlarni uşbu taşkilot atrofida yanada jipslaşişga, ularni bir kuç bölib, öz bilim va iste'dodi, fidoyiligi bilan Vatanimiz rivojiga munosib hissa qöşişga rağbatlantirmoqda.
Marosimda ilm-fan, madaniyat, san'at, ta'lim, soğliqni saqlaş, jurnalistika, sport, qişloq xöjaligi, kiçik biznes, huquq va harbiy sohalarda öqiyotgan, işlayotgan hamda ilmiy-ijodiy faoliyat bilan şuğullanib, yuksak natijalarga erişayotgan 50 nafar yigit-qizga “Özbekiston belgisi” kökrak nişoni tantanali topşirildi.






Tadbir yoş ijroçilar va san'at ustalari iştirokidagi konsert dasturi bilan yakunlandi.
Suratlar: R.Nazarmatov










