Qozoğistonning Kolesa Group IT-kompaniyasi Özbekistonda uydan taşqariga çiqmay turib, avtomobil xarid qiliş yoki sotiş imkonini beruvçi Avtoelon.uz onlayn servisini işga tuşirdi.

Avtoelon.uz onlayn servisi avtomobil, ehtiyot qismlar va maxsus texnikalarni sotiş hamda xarid qiliş, şuningdek avtoxizmatlarga doir e'lonlarni joylaştiriş uçun möljallangan maydondir. Onlayn-servisning qulaylik jihatlaridan biri şuki, uning xizmatlaridan özbek va rus tillarida foydalaniş mumkin. Şu bilan birga, u sotuvçining ham, xaridorning ham vaqtini tejaydi.

Avtoelon.uz loyihasining maqsadi – sotuvçi va xaridorlarni onlayn rejimda boğlaş. Android va iOS platformalariga mobil ilovani yuklab olib, istagan vaqtda undan foydalanişingiz mumkin.

E'lonlar kontenti foydalanuvçilarning özi tomonidan şakllantiriladi. Xaridor va sotuvçi orasidagi muloqot şaxsiy yozişmalar bölimida yoki telefon orqali amalga oşiriladi. Avtosalonlar takliflari uçun maxsus bölim yuritilişi közda tutilgan.

«Kolyosa» rahbari Nikolay Babeşkin Özbekiston elektron kommersiya faol rivojlanayotgani bilan jozibali ekani, bunday vaqtda turli servislar va maydonlarning paydo bölişi IT-bozorning rivojlanişiga turtki berişini ta'kidladi.

«Avtoelon.uz faoliyati ayni damda katta islohotlarni boşdan keçirayotgan Özbekistonda IT-bozorni rivojlantiriş hamda mamlakatdagi elektron kommersiya uluşini oşirişga yönaltirilgan. Masalan, konservativ Fransiyaga borib bunday biznesni yölga qöysak, xarajatlar özini oqlamaydi. Bu yönalişda yirik bir yetakçi bölmagan Özbekistonda bunday biznesni yölga qöyiş esa - boşqa gap. Boz ustiga, biz qardoş mamlakatlarmiz, şu bois bir-birimiz bilan aloqa qiliş oson», - deydi Babeşkin.

Avtoelon.uz taşqaridan qaraganda şunçaki e'lonlar sayti yo ilovasidek körinişi mumkin. Aslida esa undagi har bir hodisa yaxşilab örganiladi, har bir mijoz bilan alohida iş olib boriladi va har safar xizmatlar yanada takomillaştiriladi.

«Xaridor şunçaki ilovaga kirib, maşina yoki ehtiyot qismlari sotib olişi mumkin. Barçasi oddiy va aynan şu oddiylik mijozlarni jalb qiladi hamda servisning öziga xos ustuvor jihatlaridan biri hisoblanadi»