Bir qator mojarolar sabab keçiktirilgan Libertadores kubogining javob uçraşuvi bölib ötdi.

Argentinaning ikki klubi - «Boka Xuniors» va «River Pleyt» örtasidagi dastlabki bahs noqulay ob-havo şaroiti tufayli belgilanganidek 10 noyabrda emas, undan bir kun keyin ötkazilgan va durang (2:2) qayd etilgandi. Şundan söng 24 noyabrda bölişi kutilgan javob öyini «River Pleyt» fanatlari tomonidan mehmonlar avtobusi ayovsiz toşböron qilinişi oqibatida qoldirilgan va Argentinadan Ispaniyaga köçirilgan edi.

Madriddagi «Santyago Bernabeu» stadionida ötgan hal qiluvçi öyinda ham asosiy vaqt durang bilan tugadi – 1:1. Ammo qöşib berilgan ikki bölimda bittadan gol urgan «River Pleyt» Amerikaga boş sovrin bilan qaytadigan böldi.

Ma'lumot uçun, afsonaviy «Monumental» stadioni sohibi öz tarixida törtinçi marotaba Libertadores kubogini qölga kiritdi. Klub oxirgi marta 2015 yilda uşbu musobaqa ğolibi bölgan. «Boka Xuniors» esa 2017 yildan buyon ğalaba qozona olmay kelmoqda, Buenos-Ayresning bu klubi hamşaharidan ikkitaga köp – jami 6 marta çempionlikka erişgan.

Qayd etiş kerak, bu Libertadores kubogining ikki öyindan iborat oxirgi finali bölib qoladi. Keyingi yildan ğolib faqat bitta öyin natijasiga köra aniqlanadi.

Libertadores kubogi
Final, javob uçraşuvi
River Pleyt – Boka Xuniors 3:1
Gollar: 0:1 – 44 Benedetto, 1:1 – 68 Pratto, 2:1 – 109 Kintero, 3:1 – 120 Martines.
River Pleyt – Armani, Maydana, Kasko, Montiyel (Mayyada, 74), Pinola, Peres, Ponsio (Kintero, 58), Palasios (Alvares, 97), Fernandes (Sukulini, 111), Martines, Pratto.
Boka Xuniors – Andrada, Magalyan, Iskerdos, Olasa, Buffarini (Teves, 111), Nandes, Barrios, Peres (Gago, 89), Pavon, Vilya (Xara, 96), Benedetto (Abila, 62).
Ogohlantirişlar: Ponsio (27), Peres (43), Fernandes (81), Maydana (83), Barrios (87), Teves (120), Kasko (120).