Kuçi yetmaydiganlar uçun maslahatlar

Tadbirkor va şaxsiy rivojlaniş böyiça blog muallifi Skott Yang (Scott Young) unga tetik yuriş va maqsad sari olib boruvçi yölda ortga qaytmaslikka yordam beradigan maslahatlar bilan örtoqlaşdi. Ularni öz hayotingizga tatbiq etişga harakat qiling.

   1. Uxlaşga erta yoting

Agar doimiy ravişda uyquga töymasangiz, unumdorlik körsatkiçi pasayadi.

Vazifa: bir oy davomida soat önda uxlaşga yoting. Har kuni, hatto dam oliş kunlarida ham.

   2. Sport bilan har kuni şuğullaning

Jismoniy maşğulotlar – quvvatingiz uçun uzoq muddatli sarmoya. Jismoniy faolliksiz salomatlikning umumiy körsatkiçi tuşadi. Demak, fikrlaş va diqqatni bir yerga jamlaş qiyinlaşadi.

Iş jadvalingizda sport zaliga boriş uçun vaqt qolmasa, kun davomida tortiliş yoki byorpi maşqlarini bajaring. Bu maşqlar qon aylanişini yaxşilaydi, şu bilan birga köp vaqt olmaydi. Agar imkoniyat bölsa, mazkur maşğulotlarga fitnesni ham qöşiş mumkin.

Vazifa: kuniga heç bölmaganda 10 ta byorpi qiling.

    3. Kunduz kuni mizğib oling

Bu dangasalik emas, organizm va xotira uçun ijobiy natija keltiradigan foydali odat. Juda köp ma'lumotni eslab qolişni istasangiz, kunduzgi uyqu ayniqsa foydali. Bundan taşqari, u kişiga qöşimça quvvat beradi.

Muhimi – uzoq uxlamaslik. Budilnik jiringlaşi bilan uyğoniş va yana uyquga ketişga yöl qöymaslik. Agar kunduzgi uyqu juda çözilib ketsa, çuqur fazaga ötasiz va yanada lanj holda uyğonasiz.

Vazifa: tuşlikdan keyin mizğib oliş va kuçlarni tiklaş uçun uxlaşga 20 daqiqa ajrating.

    4. Murakkab işlarni tongda bajaring

Iş kunining ilk tört soati – muhim iş uçun eng qulay vaqt. Şunday ekan işga imkoni boriça ertaroq kirişing. Çunki zarur iş bajarilganida kayfiyat yaxşilanadi, özimizni unumli hisoblaymiz. Biroq agar tongda vaqtimizni elektron poçta, majlis, qönğiroqlarga sarflasak, heç qanday foydali iş bilan şuğullanmaymiz, aksinça kunning ikkinçi qismida kuçsizlikni his etamiz.