“Haqiqiy omad kaliti yoxud savdogarlar ustozi” nomli kitob Imomi A’zamning şogirdi, 8-asrda yaşab ötgan faqih olim va savdogar Abdulloh ibn Muborakning hayoti haqida hikoya qiladi. “Tezelon” platformasi asosçisi Abbos Rizqiyev şu kitobni öqişdan olgan 15ta xulosasi bilan örtoqlaşdi.

Foto: Getty Images

1. Odamning muhtojligidan foydalanib, sotayotgan narsasini past bahoda sotib olmang. Asl bahosida sotib olişda baraka bor.

2. Sarmoya çöntakda bölmaydi, agar aqlingizni işlatsangiz va harakatdan töxtamasangiz, sarmoya sizni uzoq kuttirmaydi.

3. Haqgöy şerik omadning yarmi demakdir! Şerik tanlaşda adaşmang, halollik ustiga qurilgan şerikçilikda uçinçi şerigingiz Allohning özi böladi!

4. Işlarni deb zikrni unutmang. Zikrlar esa işlarga xalaqit bermasin.

5. Yaxşilikdan haddan ortiq suyuniş, yomonlikdan haddan ortiq kuyuniş möminning sifati emas. Allohga tavakkal qiling.

6. Dangasalik – illat! Omad – omadsizlar qilişni xohlamagan işni qilişingizda. Şijoatli böling!

7. Xodimlarni işga qabul qilişda sekin, sinab-sinab qabul qiling, işdan böşatişda tez va uzil-kesil böşating!

8. Saxiylik – boylik garovi. Beruvçi qöl oluvçi qöldan balanddir! Birni berganga Alloh önni beradi.

9. Mijozning hurmati baland. Uning talablari ustun ekanini unutmang.

10. Halol savdo bu – ilm! Uni yaxşilab örganiş va özlaştiriş kerak.

11. Kuçli musulmon kuçsiz musulmondan yaxşiroqdir! Jismonan baquvvat, boy, aqli raso musulmon tadbirsiz, kuçsiz va zaif musulmondan afzaldir.

12. Rejasiz va maqsadsiz işning natijasi ham foydasiz böladi. Maqsadsiz odam, qaysi tomga çiqişini hal qilmay turib qöliga narvon kötarib olgan odamga öxşaydi.

13. Solih, aqlli va muvaffaqiyatli odamlar davrasida böliş – ulardek bölişning eng oson yölidir. Siz – atrofingizdagi odamlarning örtaça qiymatiga ega odamsiz, kimlar bilan yaqin bölsangiz, tez kunda öşalarning biriga aylanasiz.