Bu harakatlar odatiy bölib körinadi, biroq aslida esa hayotdan tölaqonli zavq olişga xalaqit qiladi.

Foto: Layfxaker

1. Va'dani bajarmaslik

Köpçilik özgalarga bergan sözining ustidan çiqadi, biroq özi haqida unutadi. Özimizga yuguriş, töğri ovqatlaniş, soğliqni kuzatiş, işni özgartiriş va boşqa köplab narsalarni va'da beramiz. Bu fursatda hissiy jihatdan belgilangan maqsadga erişib bölamiz, şuning uçun ham uni eng boşidayoq taşlab qöyamiz. Asta-sekin bunga odatlanamiz va aqlimiz ustidan nazoratni yöqotamiz.

Bu odatdan xalos böliş uçun özingizni erişgan har bir maqsad, berilgan va'da uçun mukofotlang.

2. Budilnikni özgartiriş

Budilnikni öçira turib va özingizga yana 10 daqiqa uxlaşga ruxsat berib, kunning ilk kuraşini qöldan boy berasiz. Şu tariqa ehtimoldagi muvaffaqiyatsizliklar navbatiga özingizni sozlaysiz.

Tuşlikkaça uxlaş quvvat bermasligi, aksinça undan mosuvo etişini sezgan bölsangiz kerak. Tong – kunning eng unumli vaqti. Uni foydali ötkazişga harakat qiling.

3. Uyqudan avval smartfondan foydalaniş

Bu odat soğligingizga salbiy ta'sir qiladi. Smartfon ekranidan taraladigan moviy nur uyqu gormoni – melatonin işlab çiqarilişiga xalaqit qiladi. Bu esa uyqusizlik, körişdagi muammolar, semizlikka olib kelişi mumkin.

Uyqudan 1-2 soat avval smartfonni olib qöying. Yaxşisi kitob öqing: vaqtni bunday ötkaziş soğliq uçun ham, rivojlanişingiz uçun ham foydali böladi.

Öylaş – eng murakkab iş; şuning uçun ham juda kam sonli kişilargina öylaş bilan maşğul bölişadi.

Genri Ford, tadbirkor va kaşfiyotçi

4. Ötgan işlar uçun özingizni ayblaş

Barçamiz ayrim hollarda ötmişni öylab afsuslanamiz. Biroq fikrlaş va şaxsiy xatti-harakatlarni tahlil qilişimiz kelajagimizga ta'sir qiladi.

«Mana bunday qilişim kerak edi…» deganimizda özingizni ötmişda reja böyiça ketmagan işlar uçun ayblaysiz. «Mana bunday qilişim mumkin edi» deganda esa qöldan boy berilgan imkoniyatlar uçun özingizni ayblaysiz.