Dortmundning «Borussiya» klubi hujumçisi Jyeydon Sançoning transfer qiymati 87,9 mln yevroga yetdi. CIES Football Observatory tahlilçilari şunday xulosaga kelişgan.

Sentyabrda hujumçining narxi 9,7 mln yevroga baholangan va bu körsatkiç uç oy davomida 806 foizga oşib ketgan. Uşbu vaqt oraliğida jahonning heç qaysi futbolçisi bu qadar katta sur'atda qimmatlab ketmagan.

Şuningdek, Sançodan taşqari uning jamoadoşi Marko Roys transfer qiymatining keskin kötarilişi böyiça ikkinçi örinda qayd etilgan. Sentyabr oyidan buyon 29 yoşli nemis 4,6 milliondan 23,5 mln yevrogaça oşgan.

18 yaşar Sanço - «Mançester Siti» tarbiyalanuvçisi sanaladi. U 17 yoşgaça bölgan futbolçilar örtasidagi Jahon çempionatida Angliya termasi safida özini körsatgan va çempionlikka erişgan; Yevropa çempionatida esa finalgaça yetib borib, musobaqaning eng yaxşi futbolçisi deb topilgan.

«Borussiya» Jyeydonni 2017 yil avgustida taxminan 8 mln funtga sotib olgan. Şu yilning oktabrida u Bundesliganing eng yaxşi futbolçisi deb topildi va Angliya termasida debyut qildi; qisqa vaqt içida «uç şerlar» tarkibida uçta golni öz nomiga rasmiylaştirdi.

Jyeydon bu mavsum boşidan buyon dortmundliklarning 24 öyinida qatnaşib, 6+7 mahsuldorlik natijasini qayd etişga ulgurdi.

Çapda: transfer narxiga eng köp qiymat qöşilgan futbolçilar
Öngda: narx ösişining foizdagi darajasi böyiça eng katta sakraşga erişgan futbolçilar