Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Qarşi şahrida bölib ötgan yiğilişda şahar rahbariyatini tanqid qildi.
Kun.uz muxbiri xabar berişiça, videoselektor Qarşi şahri hokimi Jamşid Fozilovning faoliyati jiddiy tanqid qilingan.
«Men Qarşi şahrining hamma rahbarlaridan noroziman», degan Şavkat Mirziyoyev.
Prezident adminstratsiyasi boşliği Nizomiddinov, boş prokuror Murodov, Içki işlar vaziri Bobojonov hamda Soliq qömitasi raisi Musayevga Qarşi şahar «törtligi» (hokim, prokuror, IIB boşliği va DSI boşliği) faoliyatini körib çiqişni, agar ular «işonç qozona olmasa», işdan böşatişga körsatma qilgan.

Qarşi şahri hokimi Jamşid Fozilov OAVda bir neça marta tadbirkorlarga nisbatan adolatsiz qarorlari uçun tanqidga uçragandi.










