«Özbekneftgaz» profillanmagan aktivlarini sotişda davom etmoqda.
Kompaniya eng yirik va qimmat aktivlardan birining narxi böyiça bir qarorga keldi - «Özbekneftgaz» «Muruvvat-teks» MÇJ orqali egalik qiladigan «Modellar uyi galereyasi» MÇJning 100 foizlik uluşi.
Xalq orasida «Zarqaynar» kompleksi deb ataluvçi obekt qariyb 90 mlrd sömga baholandi va auksion savdolariga qöyildi. Bu 2017 yilning kuzida işga tuşirilgan E-ijro onlayn-auksion işi tarixidagi eng qimmat lotlardan biri hisoblanadi.

Bino 2005 yilda qurilgan, umumiy maydoni 1,2 ga., şundan 1.06 ga. işlab çiqariş uçun möljallangan. Bino uç qavatdan iborat va 100ga yaqin xonaga ega. Birinçi qavatda ofis xonalari, ikkinçisida restoran va podium, uçinçisida körgazma zali joylaşgan.

Boşlanğiç narxi 87,9 mlrd sömni taşkil etdi. Zakalat miqdori - 4,3 mlrd söm. Arizalar 23 yanvarga qadar qabul qilinadi. Auktsionning özi 25 yanvar kuni bölib ötadi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkentdagi MDS-Service klinikasiga xaridor ma'lum bölgandi.








