Hukumat davlat g‘aznachilik majburiyatlari va obligatsiyalari to‘g‘risida yangi qaror qabul qildi
O‘zbekiston Respublikasining davlat g‘aznachilik majburiyatlari va obligatsiyalarini muomalaga chiqarishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi.
Adliya vazirligi telegram-kanali xabariga ko‘ra, qarorga muvofiq Moliya vazirligi tomonidan davlat g‘aznachilik majburiyatlari va obligatsiyalari muomalaga chiqariladi.
Shuningdek, qaror bilan O‘zbekiston Respublikasining davlat qimmatli qog‘ozlari chiqarilishlarining joylashtirilishi, muomalada bo‘lishi va so‘ndirilishi tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomga ko‘ra, qimmatli qog‘ozlarning nominal qiymati bir million so‘mni tashkil etadi.
Qimmatli qog‘ozlarning joylashtirilishi Markaziy bank tomonidan auksion shaklida o‘tkaziladi. Auktsion shartlari haqidagi ma'lumot kamida yetti kun avval e'lon qilinadi.
Qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdi bitim tuzish orqali ikkilamchi bozorda ham muomalada bo‘ladi.
Qimmatli qog‘ozlarni so‘ndirish Markaziy bank tomonidan yetti kun avval bu haqida e'lon qilinib amalga oshiriladi.
Mavzuga oid
16:43 / 21.02.2023
O‘zbekistonda xodimlarning 28 foizi 1 mln so‘mgacha maosh oladi
20:14 / 22.11.2022
O‘zbekistonning davlat qarzi 26 mlrd dollar atrofida saqlanib qoldi
11:51 / 22.11.2022
“Bitta vazirlik hamma vazirlik ustidan qo‘riqchi bo‘lib turgani bilan ish bitmaydi” - Timur Ishmetov vazirliklar budjet mablag‘larini maqsadsiz sarflashi haqida
15:14 / 21.11.2022