Portugaliyaning TAP Portugal aviakompaniyasi uçuvçisi samolyotni qöndirişga urinib kördi, lekin kuçli şamol tufayli boşqaruvni eplay olmadi va ikkinçi aylanaga ketdi. Hodisa videosi ABC News tomonidan e'lon qilindi.

Rolikdan köriş mumkinki, samolyot Manchester aeroportining uçiş-qöniş yölagiga yaqinlaşgan, biroq kuçli şamol tufayli beqaror holatda parvoz qilgan, söng şassining har ikki ğildiragi yerga tuşgan. Uçuvçi laynerni birinçi urinişda qöndira olmadi hamda ikkinça aylanaga ketdi. Oxir-oqibat samolyot muvaffaqiyatli ravişda qöndirildi.

Sentabr oyida Ryanair uçuvçisi ham Dublin aeroportida Bryusseldan uçib kelgan samolyotni qöndirişga harakat qilgandi, biroq sönggi soniyada kuçli şamol tufayli öz fikrini özgartirgan. Rolikda samolyotning qöniş yölagiga juda yaqin kelişi, biroq qönmasdan, parvozni davom ettirişi tasvirlangan.