Bugun, 20 dekabr kuni Özbekiston dzyudo federatsiyasining navbatdan taşqari hisobot-saylov konferensiyasi bölib ötdi. Unda Özbekiston Milliy olimpiya qömitasi prezidenti Umid Ahmadjonov, Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinçi örinbosari Oybek Kasimov, Özbekiston dzyudo federatsiyasi mutasaddilari va ommaviy axborot vositalari xodimlari iştirok etişdi.

Yiğiliş kun tartibidan örin olgan asosiy masalalar taşkilotga yangi rais saylab olişdan iborat edi. Şuni inobatga olgan holda federatsiya rahbarligiga Aziz Komilov nomzodi ilgari surildi. Konferensiya iştirokçilari taqdim etilgan nomzodni qöllab-quvvatlaşdi va şu tariqa Aziz Komilov Özbekiston dzyudo federatsiyasining yangi raisi lavozimiga saylandi. Jamşid Nasriddinov esa federatsiya boş kotibi lavozimida faoliyat olib boradigan böldi.

Konferensiya davomida sözga çiqqan Umid Ahmadjonov yangi rahbariyat oldiga mamlakatimizda dzyudo ommaviyligini oşiriş, Tokio Olimpiadasida delegatsiyamiz hisobiga oltin medalni taqdim etiş vazifasini qöydi. Öz navbatida buning uçun Milliy olimpiya qömitasi tomonidan yetarli şart-şaroitlar yaratib berilişini ma'lum qildi.

Dzyudo federatsiyasining yangi raisi esa öziga bildirilgan işonçni oqlab, yangidan-yangi muvaffaqiyatlarni qölga kiritişga tayyor ekanligini aytdi. Öz rejalari bilan taniştirib ötdi. Öz navbatida bungaça erişilgan natijalarda, Respublikamizda dzyudoning bugungi kunda tutgan mavqeida federatsiyaning avvalgi rahbariyati hissasi katta ekanligini alohida qayd etib ötdi.

Ma'lumot uçun, Komilov Aziz Yoqubjonoviç 1984 yilning 19 iyunida Toşkent şahrida tavallud topgan. Oilali. Toşkent davlat yuridik universitetini tamomlagan.