Toşkent şahar hokimligi poytaxtda havo haroratining pasayişi fonida isitiş mavsumi qaçon işga tuşirilişi yuzasidan maʼlumot berdi.
Amaldagi belgilangan tartibga köra, markazlaşgan isitiş tizimini yoqiş uçun örtaça sutkalik havo harorati ketma-ket beş kun davomida +8 °C dan past bölişi talab etiladi. Şu bilan birga, mutasaddilar ötgan yillardagi kabi haqiqiy ob-havo şaroitlari inobatga olinişini, agar havo keskin sovib ketsa, issiqlik uzatişni boşlaş töğrisidagi qaror keçiktirilmasligini taʼkidlamoqda.
Hozirgi kunda hokimlik, şahar xizmatlari hamda Veolia Energy kompaniyasi mutaxassislari hamkorligida tizimlarni isitiş mavsumiga tayyorlaş işlari nazorat ostida olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, Toşkentda isitiş mavsumi 2025-yilda 5-noyabrda, 2024-yilda 7-noyabrda, 2023-yilda 6-noyabrda, 2022-yilda 22-oktabrda, 2021-yilda 12-oktabrda va 2020-yilda 15-oktabrda boşlangan.













