Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini muvofiqlaştiriş va boşqariş tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmoni imzolandi.
Hujjatda qayd etilişiça, erkin iqtisodiy zonalarni taşkil etiş va faoliyat körsatiş amaliyotini örganiş ularning samarali faoliyat yuritişiga tösqinlik qiluvçi tizimli muammolar va kamçiliklar mavjudligini körsatmoqda.
Ma'muriy kengaşlar va erkin iqtisodiy zonalar direksiyalari faoliyatining yetarliça samarali emasligi, şuningdek, transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasining sust rivojlanganligi investitsiya loyihalarini jadal amalga oşirişga tösqinlik qilmoqda va erkin iqtisodiy zonalarning salohiyatli investorlar uçun jozibadorligini pasaytirmoqda.
Prezident farmoni bilan erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini muvofiqlaştiriş va boşqariş tizimini yanada soddalaştiriş, investitsiyalar jalb qiliş uçun şaroitlarni yaxşilaş, investitsiya loyihalarini jadal amalga oşirişni ta'minlaş, şu asosda yangi iş örinlarini taşkil etiş va aholi daromadlarini oşiriş maqsadida quyidagilar belgilanmoqda:
- investitsiya loyihalarini amalga oşiriş uçun yer maydonlari ajratiş, tuman (şahar) hokimining yer maydonlarini ajratiş töğrisidagi alohida qarorisiz, ma'muriy kengaşlarning investitsiya loyihalarini tanlaş va amalga oşiriş uçun erkin iqtisodiy zonalar hududida joylaştiriş töğrisidagi bayonnomalari bilan rasmiylaştiriladi;
- erkin iqtisodiy zonalar hududida investitsiya loyihalarini joylaştirişning şarti sifatida faoliyat boşlanganidan keyin ikkinçi moliyaviy yili yakunlariga köra ikki yil davomida yillik işlab çiqarilgan mahsulotning 25 foizidan kam bölmagan, keyingi yillarda 50 foizdan kam bölmagan miqdorda eksport qiliş belgilanadi. Mazkur şartlar bajarilmagan taqdirda, tadbirkorlik sub'yektining erkin iqtisodiy zonasi iştirokçisi maqomi hamda avval taqdim etilgan imtiyozlar bekor qilinadi;
- erkin iqtisodiy zonalar hududida investitsiya loyihasini amalga oşiriş böyiça ma'muriy kengaşlar tomonidan qarorlar biznes-rejalar va texnik-iqtisodiy asoslarga Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boşqaruvi milliy agentligining “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qiliş markazi” DUKning ijobiy xulosasi mavjud bölgan taqdirda qabul qilinadi;
- Markazning amalga oşirilayotgan loyihalar biznes-rejalari yoki ularning texnik-iqtisodiy asosnomalari böyiça xulosalar beriş muddatlari 20 kalendar kunidan oşmasligi lozim;
- ma'muriy kengaşlar tomonidan işlab çiqariş loyihalarini erkin iqtisodiy zonalar hududida joylaştiriş böyiça investitsiya buyurtmanomalarini körib çiqiş muddati Markaz tomonidan xulosa beriş jarayoni bilan birga 30 kalendar kunidan oşmasligi lozim;







