«Real» himoyaçisi Serxio Ramos portugaliyalik mutaxassis Joze Mourinoning klubga qaytişi mumkinligi haqidagi miş-mişlarga izoh berdi.

«Men «Real»da kim boş murabbiy bölişini hal qilmayman. Mourino bizni tark etganiga 5 yil böldi, ammo hamon u haqda gapiryapsizlar. Bizda çempion böliş imkoniyati bor, ammo negadir Mourino haqida gapiryapmiz. Sardor murabbiyni tayinlamaydi», — deb Ramos sözlarini keltirmoqda Marca.

Eslatib ötamiz, Mourino 18 dekabr kuni «Mançester Yunayted»dan iste'foga çiqarilgan edi.

Avvalroq, El Pais «Real» klubining 55 yoşli mutaxassisga yiliga 20 million yevro maoş taklif qilgani haqida yozdi. Mourino «Real»da 2010 – 2013 yillar davomida işlagan va Ispaniya çempioni bölgan.