Joriy yilda neft tankerlari egalari rekord sonda – 100 ta tankerni temir-tersakka jönatişdi. Bu haqda Clarkson Research Services Ltd ma'lumotlariga iqtibos keltirgan holda Bloomberg agentligi xabar berdi.
Tankerlarning siğimdorligi böyiça bu körsatkiç 1985 yildan beri maksimal hisoblanadi.
Clarkson Research Services dunyodagi eng yirik kemalar makleri Clarkson Plc kompaniyasining bir qismi hisoblanadi.
Joriy yil sentyabrga qadar tankerlar operatorlari olgan daromad oxirgi 30 yil içidagi eng pasti bölgani bilan ajralib turgan. Şu sababli tankerlar egalari ziyon keltirayotgan kemalardan voz keçişga qaror qilişgan.
Biroq kemalar egalari AQŞning Eronga qarşi sanksiyalarining ikkinçi qismi kuçga kirişi hamda Rossiya va Saudiya Arabistoni neft qazib oliş hajmini oşirişi sababli neft taşişga talab kuzda keskin kötarilişini hisobga olişmagan.
Clarkson ma'lumotlariga köra, zarar keltirayotgan tankerlarni saqlab qolgan kompaniyalar uçun yuk taşiş haqi sentyabrdan dekabr örtasigaça 3 martadan köproqqa oşgan.
Misol uçun, Şimoliy dengizda 600 ming barrel neft taşişga möljallangan tankerning fraxti (taşiş uçun haq) 3,5 yillik maksimum qiymatgaça – 72 ming dollardan köproqqa qimmatlaşgan. 2 mln barrelgaça neft orta oladigan supertankerlar esa Yaqin Şarq davlatlaridan Xitoygaça bölgan yönalişda kuniga 58 ming dollar daromad olmoqda. Bu qiymat 2017 yil boşidan eng yuqori qiymat hisoblanadi.











