BAA taşqi işlar vazirligining ma'lum qilişiça, davlatning iqtisodiy hududidagi bir neçta neft tankeridagi portlaş oqibatida jabrlanganlar va qurbonlar yöq, “yonilği yoki biror-bir zararli substansiyalar sizib çiqişi qayd qilinmagan”.

“Turli davlatlarga tegişli 4 ta savdo kemasi BAA suv hududida, Fujayra amirligi yaqinida vandallik harakatlariga uçradi”, deyilgan xabarda.

Ma'lum qilinişiça, voqea sodir etilgan Fujayra amirligi porti odatdagi tartibda faoliyat körsatmoqda. 

BAAning VAM axborot agentligining xabar berişiça, hukumat voqea yuzasidan barça zaruriy çoralarni körgan va ayni vaqtda mahalliy va xorijiy tuzilmalar bilan hamkorlikda voqea tergovini olib bormoqda. 

BAA taşqi işlar vazirligi xalqaro hamjamiyatni “kemalar ekipajlari a'zolari hayotini xavf ostiga qöyuvçi bunday qöporuvçilik harakatlari orqali dengiz qatnovi xavfsizligiga putur yetkazişga urinişlarning oldini oliş böyiça majburiyatni öz zimmasiga olişga” çaqirgan.

Livanning Al Mayadin telekanali 12 may kuni ertalab Fujayra portida bir neçta portlaş sodir bölgani, 7 tadan 10 tagaça kema alanga içida qolganini ma'lum qilgan. Keyinroq BAA bu ma'lumotni rad etgan.

Şu kuniyoq Eronning Islom inqilobi soqçilari korpusi brigada generali Vaşington  Tehronga qarşi kuç işlatgudek bölsa, AQŞning “boşiga zarba beriş” bilan tahdid qilgan.