Qozoğistonning Olmaota viloyatining ma'muriy markazi hisoblangan Taldiqörğon şahridagi temir-tersak qabul qiliş punkti politsiya tomondan qurşab olindi. Gap şundaki, temir-tersakka topşirilgan metall çiqindilar orasida aviatsion bombalar topilgan. Bu haqda içki işlar idoralari xabar berdi.
“Viloyatning uyuşgan jinoyatçilikka qarşi kuraşiş boşqarmasi tezkor xodimlariga kelib tuşgan ma'lumotga köra, Taldiqörğondagi rangli metallni qabul qiliş punktlaridan biri tekşirildi. U yerda temir-tersaklar orasida 46 ta aviatsion bomba aniqlangan”, deyilgan xabarda.
Voqea joyiga çaqirilgan sapyorlar topilgan bombalar uçuvçilarni öqitişda qöllanişini aytişgan.
“Yaqin orada topilgan bombalar poligonga olib çiqilib, yöq qilinadi”, deyilgan xabarda.
Uşbu holat yuzasidan tergov boşlangan.












