Jahon | 07:29 / 25.12.2018
11548
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh sudi Pxenyan KXDRda qamoqda ushlangan amerikalik oilasiga 500 mln dollar to‘lashi kerakligi haqida qaror chiqardi

Foto: Kyodo/Reuters

AQSh sudi Pxenyan Shimoliy Koreyadagi turmadan ozod qilingandan keyin ko‘p o‘tmay o‘z yurtida vafot etgan amerikalik talaba Otto Vombiyer oilasiga 500 mln dollar to‘lab berishi kerakligi haqida qaror chiqardi. Bu haqda Kolumbiya okrugi federal sudiga iqtibos keltirgan holda Axios portali ma'lum qildi.

Vombiyer oilasi aprelda AQSh sudiga Shimoliy Koreya hukumatiga qarshi da'vo arizasi bergan. Marhumning yaqinlari Shimoliy Koreya Vombiyerni asossiz tarzda turmada ushlagan va qiynoqqa solgan, deb hisoblagan. 

2016 yil yanvarda Vombiyer Shimoliy Koreyaga sayohati vaqtida mehmonxonalardan birining devorida osiq turgan siyosiy plakatni yulib tashlagan. Shimoliy Koreya oliy sudi uni bu ishi uchun 15 yillik qamoq jazosiga mahkum qilgan.

Vombiyer 2017 yil 13 iyunda ozod qilinib, og‘ir ahvolda AQShga topshirilgan. AQShda unga miyaning jiddiy jarohatlanishi tashxisi qo‘yilgan. Ko‘p o‘tmay u vafot etgan.

Mavzuga oid