Bin Lodin yonidagi MI6 agenti
Usoma bin Lodin terakt vaqtida Afğonistonda yaşagan. «Tolibon» nazoratidagi davlatda harbiy poligon yaratib, terrorçilarni tayyorlagan. Uning makonlari toğ orasida bölgan. Elektron vositalardan foydalanmagani uçun uning joyini aniqlaş oson bölmagan. Lekin dunyodagi eng qudratli razvedka idoralaridan biri MI6 bin Lodinning oldiga öz agentini kirita olgan. Töğriroği, «Al Qoida» liderining yaqinidagi odamlardan birini öziga işlaşga köndira olgan. Uning ismi Ayman Din. U ham xuddi bin Lodin kabi saudiyalik.
Ayman öz vaqtida Bosniyada jang qilgan, şaxsan bin Lodinga sodiqlik qasamini içgan. Guruhning eski aʼzolaridan, portlovçi moddalar yasaş böyiça asosiy mutaxassislardan biri bölgan. 1998-yil «Al Qoida» Amerikaning Tanzaniya va Keniyadagi elçixonalarini portlatişi oqibatida yuzlab tinç aholi vakillari halok böladi. Ayman öşa voqealardan keyin bin Lodin va «Al Qoida» heç qanday «muqaddas uruş»da qatnaşmayotgani, töliq terror bilan şuğullanayotganini tuşunib yetadi. Ayollar, bolalar, begunoh odamlar halok bölişini islomga zid deb bilgan Ayman guruhdan ketişga qaror qiladi.
Afğonistonni tark etib, Qatarga borgan vaqtida mahalliy maxsus xizmat uni qölga olib, Britaniyaga topşiradi. Inglizlar Aymanga ikki tomonlama agent, yaʼni «quloq» bölişni taklif qiladi. Rozi bölib Afğonistonga qaytgan Ayman agent ekanini bildirmay işlaşda davom etadi. U elektron qurilmalardan foydalana olmagani sabab har zamonda guruhning işlari yoki salomatligini bahona qilib Pokistonga borib, u yerdagi MI6 agentlariga maʼlumot berib turadi.
Aynan u bergan maʼlumotlar asosida Nyu-York metrosidagi terakt oldi olingani aytiladi. 11-sentabr teraktidan keyin ham Ayman Din guruh tarkibida faoliyatini davom ettiradi. Lekin 2006-yil amerikaliklar u aniqlagan maxfiy maʼlumotni oşkor qilib qöygaç, Ayman foş etilişi muqarrar bölib qoladi. Britaniya uni tezda evakuatsiya qiladi.
Abdulazizning tuşi
Ayman Din öz hikoyalaridan birida Nyu-York terakti bilan boğliq qiziq voqeani aytib bergan. Guruh aʼzolaridan biri tuşida samolyot körinişidagi katta yaşil quşga minib baland minoraga urilgani, bu minora uning nişoni bölganini aytib, Aymandan buning taʼbirini söraydi. Bombalar böyiça mutaxassis qanday taʼbir qilardi, olis ölkalarda ölim topsang kerak, deydi-qöyadi.
Bu suhbatni köpçilik Muhammad Otiyf deb biladigan «Al Qoida» harbiy qanoti liderlaridan biri Abu Hafs al Masri eşitib qoladi. Öz vaqtida Misr politsiyasida işlagan Otiyf yigitdan bizning rejalarimiz haqida kimdir senga gapirdimi, deb söraydi. Yigit yöq, deydi.











