Uruş va «qasos»
Dunyo köp uruşlarni kördi. Ularning aksarida kuçlilar kuçsizlarni öziga böysundiriş uçun bosqinçilik qilgan. Uruş boşlaş uçun turli bahonalar öylab topgan yoki kiçik bir hodisani sabab qilib jangga kirişgan.
Muğullarning Xorazmşoh saltanatiga hujumini eslaylik. Çingizxon öz elçilarining Ötrorda öldirilişini bahona qilib qöşni davlatga bostirib kiradi. Tarixçilar möğul elçilari öldirilmasa ham, Çingizxon baribir uruşga kirardi deb hisoblaydi. Yoki Birinçi jahon uruşi. Avstriya – Vengriya imperiyasi valiahdi Frans-Ferdinand Sarayevoda öldirilmasa ham, bu uruş sodir bölişi muqarrar edi.
AQŞning 2001-yilda Afğonistonga va 2003-yilda Iroqqa bostirib kirişi ham yuqoridagilarga öxşaş sabablar bilan boşlangan. Nyu-York teraktidan keyin AQŞ «terrorizmga qarşi kuraş» iddaosi bilan Afğoniston va Iroqda uruş boşlaydi. Bu uçun aytarli asos ham keltirişmaydi. Lekin «dunyodagi eng qudratli davlat» kimdandir sörab ötirarmidi...

Qanday bölgandi?
2001-yil 11-sentabr kuni AQŞda bir guruh terrorçilar törtta yölovçi samolyotini parvoz vaqtida egallab oladi. Ulardan ikkitasi Nyu-Yorkdagi Jahon savdo markazining ikki osmonöpar binosiga, biri Pentagonga va yana biri Vaşingtondagi Oq uy yoki Kongress binosiga urilişi reja qilinadi. Ikkita samolyot reja böyiça Nyu-Yorkdagi egizak binolarga, biri Pentagon binosiga borib uriladi. Törtinçi samolyot Pensilvaniyadagi dalaga qulaydi.
Terakt oqibatida 3000 ga yaqin odam halok böladi. Tabiiyki samolyotlarni egallab olgan 19 terrorçi ham. Halok bölganlar orasida AQŞdan taşqari yana 92 davlat, jumladan, Özbekiston fuqarosi ham bor edi. Halok bölganlardan 1600 nafarining şaxsi aniqlanadi, 1100 kişi bedarak yöqolgan deb hisoblanadi. Keyinçalik Nyu Yorkdagi egizak binolar vayronalari ostidan ön mingdan ortiq inson suyaklari topiladi.
11-sentabr fojiasi AQŞ moliya bozoriga ham jiddiy zarar yetkazadi. Qimmatli qoğozlar narxi keskin tuşib ketadi, Amerika kompaniyalari 1,2 trln mablağ yöqotadi. Terakt mamlakat byudjetiga kamida 500 mlrd dollar zarar yetkazadi.

Afğonistonga bostirib kiriş














