Pul va texnologiya bor, mutaxassis yetişmaydi: AQŞ kosmik sanoatidagi muammo
|09:40 / 11.09.20265 7726 min
AQŞ Rossiya yoki Xitoy bilan uzoq davom etadigan ehtimoliy harbiy mojaro şaroitida yöqotilgan harbiy kosmik tizimlarini tezda tiklaşda jiddiy muammoga duç kelişi mumkin. Bunga raketa, sunʼiy yöldoş yoki moliyaviy resurslar emas, balki yetarli miqdorda malakali muhandislar, texniklar va yiğuvçilarning yöqligi sabab bölişi mumkin.
Bunday xulosaga AQŞning RAND tahliliy korporatsiyasi ekspertlari kelgan.
Yangi tadqiqotda ehtimoliy uzoq muddatli mojaroning dastlabki bosqiçlarida yöqotilgan sunʼiy yöldoşlar va ularga xizmat qiluvçi yordamçi tizimlarni AQŞ qançalik tez tiklay olişi örganilgan.
Tadqiqot mualliflari yöqotilgan kosmik imkoniyatlarni tiklaş uçun 12 oydan 24 oygaça bölgan muddatni mezon sifatida olgan.
Bu AQŞ kosmik sanoati uçun juda yuqori surʼat hisoblanadi. RAND bahosiga köra, odatiy şaroitda eskirgan sunʼiy yöldoşni almaştiriş bilan boğliq jarayon qariyb 10 yil davom etişi mumkin.
Tadqiqotçilar AQŞ mudofaa kosmik sanoati 2027–2032-yillar davomida favqulodda yuqori işlab çiqariş surʼatini uşlab tura oladimi, degan savolni örgangan.
Xulosa ijobiy emas.
Mutaxassislarning fikriça, hozirning özida mavjud kadrlar tanqisligini bartaraf etişning özi bir neça yil vaqt talab qilişi mumkin. Şu sababli yöqotilgan kosmik imkoniyatlarni 12–24 oy içida tiklaş ehtimoli past deb baholanmoqda.
Tadqiqot general Maykl Getleyn taşabbusi bilan boşlangan. Hozir u AQŞning Golden Dome - “Oltin gumbaz” dasturiga rahbarlik qiladi. Tadqiqot boşlangan vaqtda esa Kosmik operatsiyalar rahbari örinbosari lavozimida işlagan.
Mualliflar 2024-yil oktabridan 2025-yil martiga qadar AQŞ mehnat va taʼlim bozori böyiça federal statistik maʼlumotlarni tahlil qilgan. 2025-yil may-iyul oylarida esa sanoat vakillari hamda taʼlim muassasalari rahbarlari bilan suhbatlar ötkazilgan.
Muammoning birinçi qismi - muhandislar
RAND kosmik sanoat uçun zarur kadrlarni uç asosiy toifaga ajratgan.
Birinçi toifa - kosmik tizimlarni loyihalaş, işlab çiqiş va sinovdan ötkaziş bilan şuğullanadigan muhandislar.
AQŞda bakalavr yoki undan yuqori darajadagi maʼlumot talab qiladigan muhandislik lavozimlarida qariyb 3 million kişi işlaydi.
Bir qaraşda bu juda katta kadrlar zaxirasi bölib körinadi. Ammo ularning atigi taxminan 3 foizi RAND kosmik sanoatni taʼminlovçi sohalar qatoriga kiritgan yönalişlarda işlaydi.
Mavzuga oid
Bular qatoriga sunʼiy yöldoş aloqasi, yarimötkazgiçlar işlab çiqariş hamda optik şişa kabi nometall mineral mahsulotlarni işlab çiqariş kiradi. Şu bilan birga, mazkur hisob-kitobga aerokosmik işlab çiqariş kiritilmagan.
RAND hisob-kitoblariga köra, uşbu uç sohaning hissasi har yili oçiladigan 208 mingga yaqin muhandislik vakansiyasidan atigi 7 mingtasini taşkil qiladi.
Bundan taşqari, kosmik sanoat eng malakali kadrlar uçun boşqa yuqori texnologiyali tarmoqlar bilan raqobatlaşişi kerak.
Ayniqsa, sunʼiy intellekt, dasturiy taʼminot işlab çiqiş va maʼlumotlarni tahlil qiliş bilan şuğullanadigan kompaniyalar yuqoriroq maoş hamda moslaşuvçanroq mehnat şaroitlarini taklif qilayotgani sabab kosmik tarmoqning mutaxassislarni jalb qilişi qiyinlaşmoqda.
Texniklarga ehtiyoj bitiruvçilar sonidan deyarli uç barobar köp
Ikkinçi katta muammo - malakali texnik xodimlar.
Bular kosmik apparatlarni bevosita işlab çiqariş, ularning qismlarini tayyorlaş va yiğiş bilan şuğullanadigan texniklar hamda yiğuvçilardir.
RAND AQŞ Mehnat statistikasi byurosining 2023-yilgi maʼlumotlaridan foydalanib, mamlakatda har yili taxminan 30 ming texnikka ehtiyoj paydo bölişini hisoblagan.
Biroq bir yilda zarur malakaga ega bölayotgan yangi mutaxassislar soni atigi 11 ming nafar atrofida.
Demak, mehnat bozorida paydo bölayotgan ehtiyoj kadrlar tayyorlaş surʼatidan qariyb uç barobar yuqori.
Yiğuvçilar böyiça tafovut - 19 barobar
Vaziyat kosmik apparatlarni yiğiş bilan şuğullanadigan mutaxassislarda yanada jiddiy.
Bu toifaga, jumladan, maxsus “toza xonalar”da yuqori aniqlikdagi kosmik qurilmalarni yiğiş bilan şuğullanadigan xodimlar ham kiradi.
Manbada keltirilgan hisob-kitoblarga köra, tegişli mehnat bozorida har yili taxminan 244 mingta vakansiya oçiladi.
Ayni paytda zarur malakaga ega bölayotganlar soni yiliga atigi 13 ming kişi atrofida.
Natijada talab va yangi tayyorlanayotgan kadrlar örtasidagi tafovut taxminan 19:1 ni taşkil etadi.
Albatta, uşbu 244 ming vakansiyaning barçasi kosmik sanoatga tegişli emas. Kosmik tarmoq bu mehnat bozorining faqat kiçik qismini egallaydi.
Ammo muammo şundaki, kosmik kompaniyalar aynan şu malakali xodimlar uçun boşqa yuqori texnologiyali işlab çiqaruvçilar, xususan, yarimötkazgiç sanoati bilan raqobatlaşişi kerak.
Ayrim mutaxassislarni tayyorlaşga 15 yildan köproq vaqt ketadi
RAND ajratgan uçinçi toifa eng murakkab va eng qiyin almaştiriladigan mutaxassislarni öz içiga oladi.
Bular infraqizil va optik-elektron aniqlaş tizimlari böyiça ekspertlar, şuningdek, tabiiy va sunʼiy radiatsiya taʼsiriga çidamli tizimlarni yaratiş bilan şuğullanadigan muhandislardir.
Bunday mutaxassislar uçun odatda magistr yoki doktorlik darajasi talab qilinadi.
Ammo oliy maʼlumotning özi yetarli emas. RAND maʼlumotlariga köra, tegişli sohada zarur professional tajriba va çuqur ixtisoslaşuvni şakllantiriş jarayoni 15 yil yoki undan ham köproq vaqt olişi mumkin.
Qolaversa, AQŞda lazer va optika muhandisligi böyiça yuqori darajadagi maxsus dasturlarni taklif qiladigan universitetlar soni ham köp emas. Şuning uçun mutaxassislarning aksariyati bu sohaga elektrotexnika yoki kompyuter muhandisligi kabi boşqa yönalişlardan kirib keladi.
Pul va texnologiyaning özi yetarli bölmasligi mumkin
Şunday qilib, RAND tahlili AQŞ uçun ehtimoliy uzoq muddatli mojaroda kosmik tizimlarning barqarorligi faqat qança sunʼiy yöldoş, raketa yoki işlab çiqariş liniyasi mavjudligiga boğliq emasligini körsatadi.
Hatto yetarli moliyaviy mablağ, işlab çiqariş quvvati va zamonaviy texnologiyalar mavjud bölgan taqdirda ham, yöqotilgan tizimlarni qisqa vaqt içida qayta quriş uçun ularni loyihalaydigan, sinovdan ötkazadigan, işlab çiqaradigan va yiğadigan odamlar kerak böladi.
RAND bahosiga köra, aynan şu inson kapitali AQŞ kosmik sanoatining eng jiddiy çeklovlaridan biriga aylanişi mumkin.