Toşkent şahridan vodiy tomon yölga otlanib, Qamçiq dovonidan ötgaç yöldagi non bozorlarga bir kirib ötmagan, 3-4 dona non sotib olmagan kişi bölmasa kerak. Bozorga töxtaganingizda sotuvçilar aytadigan, yöl çetidagi köplab novvoyxonalarning peştoqiga yozilgan bitta ism e'tiboringizni tortadi. Bu ism egasi çiqarayotgan mahsulot allaqaçon brendga aylanib bölgan. Bu «Akmal patir» brendi.

Uşbu brend egasi Akmal Murodov iş yuzasidan tahririyat mehmoni böldi. Qadimiy hunar egasi bilan özaro fikr almaşdik. Suhbatimiz savol-javob şaklida böldi.
− Akmal patir faoliyati qaçondan va qanday boşlangandi?
− Bu hunarni onamdan örganganman. Novvoyçilik bilan yoşligimdan şuğullanib kelaman. Boşida bunday yoğli non qilmasdik. Oddiyroq non sotib şuğullanib yurardim. Vaqt ötib şunday ğoya tuğildi. 2009 yildan sariyoğ va sut işlatib non qila boşladim.
− Akmal patir brend darajasiga yetişiga nima sabab bölgan? Boşqa nonlar ham bor, nega aynan sizda mijozlar köproq?
− Mijozlar bir marta yeb keyin bizni topolmay qolişar edi. Menimça, köp narsa mehrga boğliq. Mijozlar özlari Akmal patir deb nom qöyişgan. Yillar ötib mahalladoşlar ham şunaqa nom qöyib sota boşlaşdi. Soxtasi köpayib ketdi.
− Non tayyorlaşda nimalarga e'tibor berasiz?
− Ozodalikka, mijozlar köngliga e'tibor qaratamiz.
− E'tirozlar ham bölganmi?
− Albatta böladi. Agar sal yöldan çiqib ketsangiz, mijoz özi töğrilab qöyadi.
− Patirlaringiz alohida retseptga egami?
− Alohida retseptga ega. Ammo, bu sir. Non yaxşi çiqişi uçun masalliği, un, sut va sariyoği albatta yaxşi bölişi kerak. Ammo, yana bir muhim narsa bor. Bu nonga beriladigan mehr. Non özbek dasturxoni fayzi. Nonimizning mazasi siri ham şunda, milliy mahsulotlardan tayyorlanişida.
−








